0
09 феврал 2022

Toshkentdagi yashirin haykaltaroshlik asarlari

Mazmuni
  • Nomsiz haykal
  • Hayvon yoki mashinami
  • Misrlik mehmon
  • Plastiklar soyasida
  • Noma'lum yo'llarda misli ko'rilmagan hayvonlarning izlari bor

Bizga qadalgan nigohlarni darrov ham payqab ololmaysiz…

1

Toshkent shahri haykaltaroshlik asarlari hamda "Street art" borasida uncha boy emas. Albatta, shahar toponimiga aylanib borilayotgan yoki aholi va taksi haydovchilari uchun, masalan, Pushkin haykali yoki Jasorat Yodgorligi kabi mo`ljal sifatida xizmat qiluvchi muhim haykallar ham bor, ammo shuni tan olish kerakki, shaharning parklarida joylashgan haykaltaroshlik asarlari yoki qiziq yodgorliklari uncha ko`p emas. Shuning uchun bunday maskanlarni Toshkentda topish juda maroqli. Bugun biz bir nechta maskanlar bo`ylab sayr qilamiz va uncha taniqli bo`lmagan haykallar bilan tanishib chiqamiz.

2

Nomsiz haykal

Sergeli tumani uchuvchilar shaharchasida, Rus madaniyat markazi va mahalla qo'mitasining binosi o`rtasida, uncha ko`rimsiz bo`lgan bolalar maydonchasining yonginasida, uvadasi chiqib ketgan poydevorga o`rnatilgan katta burunli odamning bosh qismi tasvirlangan haykalini ko`rish mumkin. Haykal sukut saqlamoqda, uning atrofida esa bolalar bir-biriga qarag`ay go`ddasini otib o`ynamoqda. Mahalla qo`mitasidan esa o`z huquqlarini himoya qilinishini talab etib kelganlar chiqib kelmoqda. Rus madaniyat markazi derazalaridan rus matryoshkalari bu haykalga termilib turibdi.

3

Bu yerda shovqinli shahar ko`chalaridan uzoqda faylasuf, mutafakkir va olim Konstantin Tsiolkovskiy haykali o`rnatilgan. Ushbu haykaltaroshlik asarini kim yaratganligi, qachon o`rnatilganligi noma’lum. Mutafakkirning yuzi biroz ozib qolgandek go`yo. Qosh ostidagi nazar bo'shliqqa befarq qarab turgandek. Olim An-2 samolyoti ustida o`z ilmiy ishlarini olib borgan, xalq orasida oldin "Annushka" deb nomlanar edi. Yaqindagina dekabr oyida bu samolyotni haykaldan uncha uzoqda bo`lmagan joyda ko`rish mumkin edi, ammo hozir uni boshqa joyga ko`chirib o`tishdi.

4

Taxminan 2015 yilgacha ham bu haykal boshqa joyda o`rnatilgan edi, lekin u yerda ham bolalar maydonchasi joylashgan edi. Hattoki bu haykal film qahramoni sifatida kadrga tushib ham qolgan. Toshkentlik hujjatli film maulliflari Umida Axmedova va Oleg Karpov 2007 yilda film suratga olganlar. Ba’zi epizodlari bu haykal bilan ham bog`liq bo`lgan.

5

Hayvon yoki mashinami

Farg`ona yo`li kochasida 19-20 asr o`rtalarida porox zavodi o`z faoliyatini bu yerda olib borgan. Shu ko`cha bo`ylab yurganingizda o`sha vaqtning Turkiston mustamlakasi me’morchiligini ko`rishingiz mumkin. Bu uylarda zavod muhandislari va butun ishchilari yashagan. 1932 yilda bu yerda qog`oz fabrikasi ochilgan va 2000 yilgacha bu fabrika o`z faoliyatini to`xtatmagan. 2018 yilda bu fabrika binosi auksionga qo`yilganida, aholi tarixiy obidalarni saqlab qolish va madaniy markazga aylantirish g`oyasi bilan chiqqan. Hozirgi kunda ushbu hududda “Golden House” turar-joy majmuasi qad ko`tarmoqda, biroq uning atrofida yashovchi aholi qurilayotgan majmuaga yaqin ko`cha bo`ylab joylashgan uylar kelajakdagi taqdiri haqida xavotirda

6

Shovqinli qurilishdan sal nariroqda ajoyib beton konstruksiyasini ko`rish mumkin. Bu konstruksiya o`sha zavodning, doimo yopiq bo`lgan darvozasi ro`parasida joylashgan. Ehtimol, bu qog`oz chiqaruvchi mashinaning bir ko`rinishi bo`lsa kerak. Uning old qismida mixlar izlarini ko`ramiz, vaqt o`tgan sari u bu joylari qirilgan va metal karkasi ko`zga tashlanmoqda. Harflar tasviri saqlanib qolingan - "O'zbekiston qog`ozi" va "1932". Bu harflar yodgorlikning orqa tomonida ham tasvirlangan.

7

Bu yodgorlik yana qancha vaqt turadi, bizga noma'lum. Shuning uchun kech bo`lmasidan UzBUMgacha joylashgan ko`chalarga tashrif buyurishingizni tavsiya qilamiz

8

Misrlik mehmon

Markaziy ko'rgazma zalining yonidagi bog'da (SUM qarshisida), daraxtlar ortida beret kiyib olgan va qo`lida bolg`a ushlab olgan erkak kishi haykalini ko`rasiz. Haykal uzunligi uch metr, sariq rangga bo`yalgan. Uning ba'zi joylari ko`chgan va ba'zi joylarida teshiklar yuzaga kelgan. Yuz ifodasi ham ajoyib. Huddi Misrlik fir'avnlarni eslatayotgandek. Bu bog`da joylashgan haykal Misrlik haykaltarosh Maxmud Muxtor asaridir. U 20-asrning milliy haykaltaroshlik maktabining asoschisi hisoblanadi. Qohirada rassomga bag`ishlangan muzey ham mavjud. 

9

Yodgorlik zamondoshimiz Usam Al-Serui tomonidan yaratilgan. U haykaltarosh va san'atshunos bo'lib, Qohira universiteti va Sankt-Peterburgdagi Repin badiiy Akademiyasida tahsil olgan. Qohira universitetining rus san'ati kafedrasida dars beradi va 2010-larda Rossiyada Misr Arab Respublikasi madaniyatiga bag'ishlangan attashe sifatida faoliyat yuritgan. Dunyoning ko'plab shaharlarida Misr madaniyat va san'at arboblarining yodgorliklarini yaratgan haykaltaroshdir. 2007da Usama Al-Serui Toshkentga tashrif buyurib, shahrimizga sovg'a sifatida va mamlakatlar o'rtasidagi madaniy aloqalar belgisi sifatida u Mahmud Muxtor haykalini yaratdi.

10

Shubhasiz, haykal monumental yoki ulug'vor ko'rinmaydi va buni tushuntirish oson. Aslida, u vaqtinchalik materiallardan tayyorlangan – formoplastik, ammo keyinchalik albatta bronzadan yaratilishi ham kerak edi. Ammo bu sodir bo'lmadi va nozik Mahmud Muxtor haykali Toshkentda qarovsiz qolib ketdi.

11

Plastiklar soyasida

Navoi nomidagi opera va balet teatri orqasida katta bo`lmagan park bor. Bu yerda yorqin ranglarga bo`yalgan va o`tirib dam olish uchun joylar mavjud, biroq ushbu maskan bo`ylab yurganingizda yarim abstrakt ko`rinishdagi qurilmalarni ko`rishingiz mumkin. Biz Xalqaro keramika bog`idamiz, aniqrog`i, bu undan keyingi holat. Bu yerda joylashgan asarlar tarixi 20-asrning 80-yillariga olib boradi. O`sha vaqtda bog` va parklarda o`rnatilgan haykaltaroshlik asarlariga tegishli tarixni rivojlantirish qarori qabul qilingan.

12

1983 yildan boshlab bu kabi haykaltaroshlik asarlarini yaratish bo`yicha simpoziumlar tashkil etilgan. Qo`shni davlatlardan rassomlar tashrif buyurib, konferentsiyalar va o`quv mashg`ulotlar o`tkazishgan. Ularning o`sha yerda yaratgan ishlari esa shahrimizda qolgan. Avvaliga ularni Romanovlar Saroyi yonidagi bog`da joylashtirishgan va o`sha davrda muzey sifatida foydalanilgan. 1990 yilda yana bir bor simpoziumni tashkillashtirdilar, ammo bu safar u xalqaro darajada bo`lib o`tdi. 

13

Bu tadbirda Ispaniyadan, Meksikada, Germaniya va Rossiyadan rassomlar tashrif buyurishdi. Ushbu asarlar uchun aynan Navoi teatri orqasida joylashgan bog` tanlandi. Barcha asarlar o`simlik dunyosi bilan uyg`un bo`lishi kerak edi, shu sababli tabiiy shakllardan va barcha obyektlar ko`rinishi tabiiy materiallardan foydalanishga harakat qilindi.

14

Afsuski, bu haykallarning taqdiri juda ayanchilidir: ularning ko`pi 90-yillar o`rtalarida vayron qilingan. Romanovlar Saroyi esa 90-yillarda Tashqi ishlar vazirligining qabulxonasiga aylantirildi. U qaytadan ta’mirlandi va uning hududi yopiq holatda saqlandi, ammo birinchi simpoziumdan qolgan haykallar qayerga ketganligi noma’lum.

15

Noma'lum yo'llarda misli ko'rilmagan hayvonlarning izlari bor

Darxonda bir kichik bog`cha bor. Uning yonida shovqin-suronga to`la ko`cha bo`lishiga qaramay, bu yer juda tinch va sokindir. Bu maskanda qulaygina kursilar, atrofida juda ko`p yam-yashil ko`katlar, ayni issiq kunlarda esa qushlar sayraydi, fontan, afsuski, u ishlamaydi. Ular orasida u yerda qiziquvchan fuqarolar emas, balki daraxtlar va tosh dekorlari orasida ajoyib tarzda yashirgan g'alati jonzotlarni ko`rish mumkin. Yog'och ritsarlar – nayzalardan kesilgan eskizlar va g'aroyib dengiz jonzotlari - ular o'zlarining kichik tanho "o'rmonlari"ni qo'riqlash uchun turgandek tuyuladi. 

16

Pushkinning "Ruslan va Lyudmila" asari asosida o'yilgan haykallarning muallifi va qachon o`rnatilganligi noma'lum. Ehtimol, 70-80 - larda, chunki 1974 yilda rus shoiri haykali bu ko'chada o'rnatilib, 1980 yilda uning nomi bilan atalgan metro stantsiyasi ochilgan. 2015-yilda yodgorlik O'zbekiston yengil sanoat vazirligi (sobiq Teatr maydoni) binosiga ko'chirildi, o'sha yerda "Pushkin davridagi park" ochilgan va maydon shoir nomi bilan atalgan. Shu sababli, yog'och haykallarning kichik, ammo asosiy maqsadidan biroz ajralib turadi. Bu joy o'zining ertaknamo ajoyib sukunati bilan dam olish burchagi bo'lib qolmoqda.

17
18
19
20
6 Фото

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 10 июл 2023

Depozit haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Oʻqish
Ta'lim · 28 феврал 2024

Sizga tovlamachi qoʼngʼiroq qilayotganini qanday bilish mumkin?

Oʻqish
Ta'lim · 18 декабр 2023

Depozit o'zi nima: TBC Bank bilan kafolatli daromad

Oʻqish
Madaniyat · 05 декабр 2022

Tadqiqot: 20-21-asr binolarida Oʻzbekiston meʼmorchiligining anʼanaviy elementlaridan foydalanish

Oʻqish
Ta'lim · 06 апрел 2023

Qo'llanma: oila byudjeti qanday rejalashtiriladi?

Oʻqish
Ta'lim · 13 июл 2022

Chek-list: onlayn-kredit olishdan oldin nimalarni bilish kerak?

Oʻqish
Yangiliklar · 04 апрел 2023

TBC Bank Uzbekistan aksionerlardan qo'shimcha 28,1 mln dollar sarmoya jalb qildi

Oʻqish
Madaniyat · 27 март 2023

O'tmishdagi kinorejissyorlar. Bilishimiz shart bo'lgan nomlar

Oʻqish
Madaniyat · 17 апрел 2023

Qizil xonalar: Toshkentdagi fotolaboratoriyalar kim uchun va qanday ishlamoqda?

Oʻqish
Madaniyat · 20 октябр 2022

Qoʻqon yogʻoch oʻymakorligi maktabi

Oʻqish
Madaniyat · 12 январ 2023

2-maqola. Tadqiqot: 20-21-asr binolarida O'zbekiston me'morchiligining an'anaviy elementlaridan foydalanish

Oʻqish
Yangiliklar · 25 сентябр 2023

Toshkentda yangi TBC Talks loyihasi doirasida IMD va TBC Bank kompaniyasining eksklyuziv dasturi taqdim etildi

Oʻqish
Yangiliklar · 07 декабр 2022

World Economic Magazine ma’lumotlariga koʻra TBC Bank Uzbekistan 2022 yildagi "O‘zbekistonning eng yaxshi raqamli banki" deb topildi.

Oʻqish
Texnologiya · 07 март 2022

«Quyosh» geliomajmuasi yoki Parkentdagi texnologik mo‘jiza

Oʻqish
Madaniyat · 01 июн 2023

Neon, 3D va monoxrom: «Toshkent. Tarixiy optimizm arxirekturasi» ko'rgazmasi ochilishi qanday o'tdi?

Oʻqish
Yangiliklar · 08 июн 2023

TBC Bank yugurish uchun eksklyuziv merchni yaratdi

Oʻqish
Madaniyat · 18 январ 2023

4-maqola. Tadqiqot: XX-XXI asrga oid binolarda Oʼzbekiston arxitekturasi anʼanaviy elementlarining ishlatilishi

Oʻqish
Texnologiya · 01 март 2023

Neyrotarmoq odamlarning o'rnini bosa oladimi?

Oʻqish
Madaniyat · 16 январ 2023

3-maqola. Tadqiqot: XX-XXI asrga oid binolarda Oʼzbekiston arxitekturasi anʼanaviy elementlarining ishlatilishi

Oʻqish
Madaniyat · 27 феврал 2023

Eksperimental musiqa boʼyicha noodatiy festival qanday oʼtdi?

Oʻqish
Yangiliklar · 03 март 2023

Asosiy yutuqlar va yangi loyihalar: TBC Group OAV vakillari bilan press-branch o'tkazdi

Oʻqish
Texnologiya · 07 сентябр 2022

Bugungi kunda rivojlanib borayotgan 6 ta eng dolzarb texnologik yangilik

Oʻqish
Texnologiya · 10 апрел 2023

Blokcheyn qanday qilib hayotimizni yaxshilashi mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 17 феврал 2023

Madaniy dayjest: 17-23- fevral kunlari Toshkentda nima qilish mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 08 ноябр 2023

Integratsiyaning buyuk yo'li: fotograf Svetlana Balashova-Kuzmina o'zining O'zbekistonga sayohati va Integration nomli ko'rgazmasi haqida

Oʻqish
Madaniyat · 17 март 2023

Madaniy dayjest: 18-martdan 24-martgacha poytaxtda nima qilish mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 08 июн 2022

TBC Ornaments х Polya Pokatayeva: brendni boshqarishda individual yondashuv

Oʻqish
Texnologiya · 15 феврал 2022

Mirzo Ulug'bek nomidagi Astronomiya instituti tarixi

Oʻqish