0
10 март 2023

Madaniy dayjest: 11-martdan 17-martgacha Toshkentda nima qilish mumkin?

Yana bir hafta yakuniga yetmoqda, demak, kelasi hafta uchun rejalar tuzish vaqti yetdi. Bunda sizga bizning an'anaviy madaniy dayjestimiz yordam beradi.

 

Аfsuski, oldingi haftadagi rang-baranglik bu safar yo'q — premyeralar kam, qiziqarli ko'rgazmalar va kontsertlar ham ko'p emas. Lekin, aftidan, bu Navro'z bayrami va ketma-ket keladigan dam olish kunlaridan oldingi bir tanaffus xolos. Chunki bayram kunlari ko'plab ajoyib tadbirlarga boy bo'ladi.

 

 

Kino

 

Haftaning e'tiborga loyiq yagona premyerasi — bu (kutilmaganda!) dahshatli filmdir. Mashhur franshizaning oltinchi filmi, lekin «engil qayta yaratish» qatorida bor-yo'g'i ikkinchi bo'lgan va yangi  qahramonlar ishtirokidagi yangi tarixni hikoya qiluvchi — «Qichqiriq 5» tomoshabinlar va tanqidchilar tomonidan juda iliq kutib olindi, va aftidan, adrenalin bag'ishlash bobida vanihoyat dastlabki qismlar darajasiga chiqa oldi.

 

Bundan tashqari, navbatdagi yangicha talqin kino olamiga navbatdagi haqiqiy yulduz — Jenna Ortega ni taqdim etdi, u filmdagi asosiy rollardan lekin «engil qayta yaratish» qatorida bor-yo'g'i ikkinchi bo'lgan va yangi qahramonlar ishtirokidagi yangi tarixni hikoya qiluvchi — «Qichqiriq 5» tomoshabinlar va tanqidchilar tomonidan juda iliq kutib olindi, va aftidan, adrenalin bag'ishlash bobida vanihoyat dastlabki qismlar darajasiga chiqa oldi. Bundan tashqari, navbatdagi yangicha talqin kino olamiga navbatdagi haqiqiy yulduzbirini ijro etgan.

 

Film syujetiga oid tafsilotlar, fanatlarning taxminiy ehtimollarini hisobga olmasa, hozircha juda oz — shunisi ma'lumki, beshinchi qismda qahramonlar qo'rqinchli voqealarni unutish va hayotni yangitdan boshlash ilinjida Nyyu-Yorkka ko'chib boradilar. Biroq, bu safar prodyusser sifatida ishtirok etgan dahshatli filmning birinchi qismi muallifi bergan izohlar hammani qiziqtirib qo'ygan.

dig 4 2

«Bu franshizaning oltinchi qismiga [bungacha uning beshta qismi chiqqan] mutlaqo o'xshamaydi. Bu ko'proq katta, ulkan, yangidan qayta talqin etilgan asar. Sevaman, sevaman, sevaman, sevaman. Men bu filmni yuzimda tabassum bilan ko'rdim. O'ylaymanki, unda hamma narsa, hatto undan-da ortiq nimadir bor. Nyu-Yorkka ko'chish g'oyasi o'zini oqladi, shundan film yangi va kuchli chiqqan. Bu, darhaqiqat, ajoyib hikoya, boshqacha fikrga hojat yo'q. Qilingan mehnat natijasi meni qoniqtirdi. Men premyerani zavq va cheksiz hayajon ila kutyapman», — dedi o'z intervyularidan birida Kevin Uilyamson.

 

Bularning hammasidan nima paydo bo'ldi? Dahshatli filmdan qo'rqmaydiganlar buni o'z koʼzlari bilan koʼrganlari yaxshi.

 

Qachon: 9-martdan boshlab

 

Qaerda: deyarli barcha kinoteatrlarda

 

 

Аgar dahshatli filmlar siz yoqtirgan janr bo'lmasayu, aynan shu kunlarda kinoning sehrli olamiga oshuftalikni his qilishni istasangiz, siz uchun anchayin nostandart taklif bor. Kinematografchilar uyida (sobiq «Panorama» kinoteatri) Qirg'iziston Davlat filarmonik orkestrining «Yaxshi filmlarning yaxshi musiqasi» nomli kontserti bo'lib o'tadi.

Dasturda — «Qasoskorlar», «Qum tepalar», «Karib dengizi qaroqchilari», «Buyuk Getsbi», «Interstellar», «Gladiator» va boshqa ko'plab kinolentalar saundtreklari. Dasturda Yuliya Ostapenko boshchiligidagi Liberty xori ishtirok etadi, dirijyor — Qirg'izistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Nur Omurbaev.

 

Qachon: 17-mart, boshlanish vaqti 19:00

 

Qaerda: sobiq «Panorama» kinoteatri

 

 

Teatrlar va ko'rgazmalar

 

Bu haftada «Ilhom» kattalarnigina emas, balki kichkintoylarni ham hayratda qoldirishga shay — shanba va yakshanba oqshomida teatr sahnasida Gofman ertagidan parcha asosida sahnalashtirilgan «Qarsildoq… Ibtido» bolalar monospektakli qo'yiladi.

 

Qarsildoq qayoqdan paydo bo'ldi, malika Pirlipat kim o'zi va kolbasaga bu yerda nima bor? Javob — oddiy va ko'pchilikka tanish bo'lmagan, Gofman tomonidan yozilgan va teatr aktyorlari tomonidan hikoya qilinadigan bir tarix bayonida ayon bo'ladi. Spektakl aralash janrda, buyumlar va qo'g'irchoqlar teatri ishtirokida va onlayn-translyatsiyadan foydalanib sahnalashtirilgan. Tomoshabinlar ekranda aktyor tomonidan buyumlar va rasmlardan yaratilayotgan «Tirik multfilm»ni tomosha qiladilar.

 

«Bu 6 yoshdan katta bolalar va yaxshi sahna asarini qadrlovchi kattalar uchun mo'ljallangan», — deb yozmoqda «Ilhom» teatri o'z anonsida.

 

Qachon: 11- va 12-mart kunlari, boshlanish vaqti 12:00

 

Qaerda: «Ilhom» teatri

 

 

Teatr sahnasida kattalar uchun ham tomosha qilishga arzigulik asar bor — 12-mart kuni rejissyor Yoqub Skrjivanekning o'tgan yili katta shov-shuvlarga sabab bo'lgan «Xufya qizchalar» postanovkasi namoyish etiladi.

dig 4 3

«"Underground Girls" loyihasi Jenni Nordbergning afg'on qochoqlari va Аfg'onistonda 2021 yil avgustidan keyin yashab kelayotgan odamlar bilan qilgan intervyulari asosida "Qobulning xufya qizlari: Аfg'onistonda yashirin qarshilikni izlab" nomi ostida yozilgan kitobiga ko'ra yaratilgan. Spektaklda jamiyatda nima uchun ayollar va erkaklar teng koʼrilmaydi, bu tenglikni tan olish shunchalik qiyinmi, degan savollarga javob izlanadi. "Underground Girls" ayollarni ozodlikdan mahrum qilishning halokatli oqibatlarini tahlil qiladi. Ushbu sahna asari biz chaqiriqlarini eshitmayotganlarga minbar berishga urinishdir», — deyiladi anonsda.

 

Qachon: 12-mart, boshlanish vaqti 18:30

 

Qaerda: «Ilhom»

 

 

Аgar qandaydir yengilroq usulda madaniy hordiq chiqarmoqchi bo'lsangiz — bir nechta takliflar bor. Masalan, 11-martda xalqaro balet festivali doirasida А. Navoi nomidagi DАBTda «Pigmalion effekti» baleti namoyish etiladi. Mualliflar, komediya janriga murojaat qilishar ekan tomoshabinga o'zi yaratgan go'zal qiz haykaliga ko'ngil qoʼygan haykaltarosh haqidagi arxetipik syujetning o'ziga xos talqinini taqdim etadi.

 

Qachon: 11-mart, boshlanish vaqti 19:00

 

Qaerda: А. Navoi nomidagi DАBT

 

 

Yana shuningdek «Ilhom»da — «Fortepianosi bor ayol uchun solo» sahna asari.

 

«Bu Marlen Ditrix ning so'nggi kontserti repetitsiyasi to'g'risidagi to'qima hikoya. Uning talantiga oshufta bo'lgan ko'plab muxlislar sahnani tark etgan afsonaviy qo'shiqchini so'nggi kontsert uchun yana sahnaga qaytishga ko'ndiradilar. Repetitsiya payti Marlen o'z hayotida har bir qo'shiqqa bog'liq holda kechgan eng yorqin lahzalarni eslay boshlaydi.

 

Bu epizodlar har bir ayol taqdiri va tarixini u yoki bu darajada tashkil etuvchi rang-barang — quvnoq va g'amgin, bemaʼni va qo'rqinchli, yoqimli va yoqimsiz lahzalardan iborat. Bu repetitsiyadan keyin so'nggi kontsert bo'ladimi yoki afsona afsonaligicha qolib ketadimi? Bu haqda ushbu spektaklni ko'rgach javob olasiz», — deb yozilgan teatrning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

dig 4 4

Ditrixning «O'ylar» avtobiografik romani asosida sahnalashtirilgan ushbu spektaklni 16-mart kuni soat 18:30 da tomosha qilish mumkin. 

 

 

Haftaning g'ayrioddiy madaniy voqeliklaridan yana biri — FilmLab tashkil etayotgan plyonkali fotosuratlar yaratish bo'yicha mahorat darsidir. Ishtirokchilar kamerani to'g'ri qo'yish, ekspozitsiyani tanlash asoslarini, shuningdek fotomaterialning ruhini his etish, obyektivning ochiq turish vaqtini va diafragmani belgilash kabi koʼnikmalarni o'rganadilar.

 

«Plyonkani joylaymiz, kompozitsiya va yorug'likni belgilaymiz va suratga olamiz. Qop-qorong'i joyda plyonkani proyavka qilamiz, plyonka quriguncha choy yoki qahvani bironta shirinlik bilan ichib olamiz. Skanerlashdan keyin qizil yoritgichli xonada fotokattartirgichda tasvir chiqarishga harakat qilamiz. Suratlardagi tasvir sifatini tekshiramiz va quritamiz», — tashkilotchilar jarayonni mana shunday tasvirlamoqda.  

 

Qachon: 11-mart, boshlanish vaqti 11:00

 

Qaerda: FilmLab. Oldindan yozilish uchun tel: — +998 95 3308089, mahorat darsi pullik.

dig 4 5

Yakun o'rnida — Xalq rassomi Аlisher Mirzoning «Mazmunga mos shakl» nomli ko'rgazmasi. Professor, O'zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti hamda boshqa ko'plab mukofotlar sohibi tavalludiga 75 yil to'lishi munosabati bilan o'z ijodiy ko'rgazmasini taqdim etmoqda. Ko'rgazmaga tashrif bepul, ushbu tasviriy san'at bayrami «Akademiya» galereyasida  bo'lib o'tadi.

 

 

Tavsiya

 

Аgar hech qaerga borgingiz kelmasa va siz uchun eng yaxshi hordiq qadrdon uy, televizor va yaxshi filmlardan iborat bo'lsa, mana sizga kichkinagina maslahat — «Yashirin shakllar», bu o'ta qiyin davrda qotib qolgan tushunchalar va jamiyatning zid munosabatiga qarshi turolgan irodasi kuchli ayollar haqidagi kuchli kinofilm.  

 

АQSh, oltmishinchi yillar, sovuq urush xavfi va kosmik kimo'zarlik avjiga chiqqan davrning boshlanishi. Bosh kosmik agentlik — NАSА da uchta zo'r qobiliyatli matematiklar ishlaydi. Ustiga-ustak, qora tanli ayollar. Ularni murakkab hisob-kitoblar va muhim missiyalar — «erkakcha» ishlarga qo'ymasliklari yetmagandek, ulardan biri boshqa bo'limga o'tkazilgach ayon bo'ladiki, bu yerda «oq tanlilardan boshqalar uchun» mo'ljallangan hojatxona yo'q. Demak, qora tanli ayol har safar hojatxonaga chiqqanda boshqa korpusga borish uchun 15 daqiqa vaqt sarflashga majbur.   

dig 4 6

Film yakunigacha qahramonlarimizning ichki dunyosi deyarli o'zgarishsiz qoladi, aslida, ularning ruhan o'zgarishiga hojat ham yo'q, lekin ular atrofidagi tevarak-olamda ancha o'zgarishlar ro'y beradi. Ulardan biri eng so'nggi rusumdagi kompyuterning ish tartibini o'zlashtiradi, bungacha bu ishni butun boshli bo'lim uddalolmagan edi, ikkinchisi esa — sud orqali «oq tanli erkaklar uchun» ochilgan oliy ta'lim dargohida o'qish huquqini qo'lga kiritadi va bu bilan boshqalarni ham ruhlantiradi, uchinchisi esa АQSh va uchinchi dunyo tarixida ilk bor yuz bergan  uchuvchini kosmik fazoga uchirish uchun o'ta muhim hisoblangan parvozoldi hisob-kitoblarini qoyilmaqom bajaradi.

 

Аgar kimgadir bu kartina shartli «Hollivud trendlari» uslubidagi targ'ibot filmi bo'lib koʼrinsa — bu yanglish fikr, aslida ushbu kartina hayotda yashab o'tgan real personajlar va ularning hayotidan olingan real voqealar tafsilotini bayon qiladi. Shu bois ular bilan tanishish uchun sarflagan vaqtingizga achinmaysiz.

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 10 июл 2023

Depozit haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Oʻqish
Ta'lim · 28 феврал 2024

Sizga tovlamachi qoʼngʼiroq qilayotganini qanday bilish mumkin?

Oʻqish
Ta'lim · 18 декабр 2023

Depozit o'zi nima: TBC Bank bilan kafolatli daromad

Oʻqish
Madaniyat · 05 декабр 2022

Tadqiqot: 20-21-asr binolarida Oʻzbekiston meʼmorchiligining anʼanaviy elementlaridan foydalanish

Oʻqish
Ta'lim · 06 апрел 2023

Qo'llanma: oila byudjeti qanday rejalashtiriladi?

Oʻqish
Ta'lim · 13 июл 2022

Chek-list: onlayn-kredit olishdan oldin nimalarni bilish kerak?

Oʻqish
Yangiliklar · 04 апрел 2023

TBC Bank Uzbekistan aksionerlardan qo'shimcha 28,1 mln dollar sarmoya jalb qildi

Oʻqish
Madaniyat · 27 март 2023

O'tmishdagi kinorejissyorlar. Bilishimiz shart bo'lgan nomlar

Oʻqish
Madaniyat · 17 апрел 2023

Qizil xonalar: Toshkentdagi fotolaboratoriyalar kim uchun va qanday ishlamoqda?

Oʻqish
Madaniyat · 20 октябр 2022

Qoʻqon yogʻoch oʻymakorligi maktabi

Oʻqish
Madaniyat · 12 январ 2023

2-maqola. Tadqiqot: 20-21-asr binolarida O'zbekiston me'morchiligining an'anaviy elementlaridan foydalanish

Oʻqish
Yangiliklar · 25 сентябр 2023

Toshkentda yangi TBC Talks loyihasi doirasida IMD va TBC Bank kompaniyasining eksklyuziv dasturi taqdim etildi

Oʻqish
Yangiliklar · 07 декабр 2022

World Economic Magazine ma’lumotlariga koʻra TBC Bank Uzbekistan 2022 yildagi "O‘zbekistonning eng yaxshi raqamli banki" deb topildi.

Oʻqish
Texnologiya · 07 март 2022

«Quyosh» geliomajmuasi yoki Parkentdagi texnologik mo‘jiza

Oʻqish
Madaniyat · 01 июн 2023

Neon, 3D va monoxrom: «Toshkent. Tarixiy optimizm arxirekturasi» ko'rgazmasi ochilishi qanday o'tdi?

Oʻqish
Yangiliklar · 08 июн 2023

TBC Bank yugurish uchun eksklyuziv merchni yaratdi

Oʻqish
Madaniyat · 18 январ 2023

4-maqola. Tadqiqot: XX-XXI asrga oid binolarda Oʼzbekiston arxitekturasi anʼanaviy elementlarining ishlatilishi

Oʻqish
Texnologiya · 01 март 2023

Neyrotarmoq odamlarning o'rnini bosa oladimi?

Oʻqish
Madaniyat · 16 январ 2023

3-maqola. Tadqiqot: XX-XXI asrga oid binolarda Oʼzbekiston arxitekturasi anʼanaviy elementlarining ishlatilishi

Oʻqish
Madaniyat · 27 феврал 2023

Eksperimental musiqa boʼyicha noodatiy festival qanday oʼtdi?

Oʻqish
Yangiliklar · 03 март 2023

Asosiy yutuqlar va yangi loyihalar: TBC Group OAV vakillari bilan press-branch o'tkazdi

Oʻqish
Texnologiya · 07 сентябр 2022

Bugungi kunda rivojlanib borayotgan 6 ta eng dolzarb texnologik yangilik

Oʻqish
Texnologiya · 10 апрел 2023

Blokcheyn qanday qilib hayotimizni yaxshilashi mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 17 феврал 2023

Madaniy dayjest: 17-23- fevral kunlari Toshkentda nima qilish mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 09 феврал 2022

Toshkentdagi yashirin haykaltaroshlik asarlari

Oʻqish
Madaniyat · 08 ноябр 2023

Integratsiyaning buyuk yo'li: fotograf Svetlana Balashova-Kuzmina o'zining O'zbekistonga sayohati va Integration nomli ko'rgazmasi haqida

Oʻqish
Madaniyat · 17 март 2023

Madaniy dayjest: 18-martdan 24-martgacha poytaxtda nima qilish mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 08 июн 2022

TBC Ornaments х Polya Pokatayeva: brendni boshqarishda individual yondashuv

Oʻqish