0
05 август 2022

Onlayn-banking

Mamlakatimizda informatsion texnologiyalarning yuqori texnologik infratuzilmasidan foydalanish sifati boʻyicha mintaqada ilgʻor davlat boʻlish uchun barcha imkoniyatlar bor

 
 

Onlayn-banking, yoki internet-banking – bu internetga ulangan qurilma yordamida bank xizmatlaridan masofadan turib foydalanish imkonini beradigan texnologiyalarning umumiy nomi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, oddiy bank onlayn-bankingdan foydalanish imkonini taqdim etgani bilan raqamli bankka aylanib qolmaydi. Internet-ulanma yordamida faoliyat koʻrsatadigan ushbu texnologiya foydalanuvchilarni qulayliklar bilan ta’minlaydi. Shu bilan birga, bank formati oʻzgarishsiz qoladi – bosh ofis, koʻplab filiallar va qogʻozbozlikning yuqori darajasi. Bugungi kunda onlayn-bankingdan xizmat sifatida koʻplab “an’anaviy” banklar ham foydalanadi. Xoʻsh, “raqamli bank” bilan oddiy bank oʻrtasida qanday farq bor? Raqamli bankda istalgan xizmatdan masofada turib foydalanish mumkin. Buni chat yordamida mutaxassis bilan bogʻlangan holda yoki qayta aloqa onlayn shaklida amalga oshirish mumkin. “Neobank”da tezkor va qulay munosabat bildirish markazlari boʻlib, bankning kengayib boradigan filiallar tarmog’i mavjud boʻlmaydi. Bir necha filialning oʻzi yetarli va hatto bosh ofissiz ham faoliyat yuritish mumkin.

ob

2018-yil Oʻzbekistonda virtual banklarni ochish uchun qulay sharoitlarni yaratish yoʻlida ilk qadamlar qoʻyildi. Bundan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qabul qilingan Prezident farmoni dalolat beradi. Tez orada koʻplab bank va kompaniyalar innovatsion texnologiyalardan foydalanishni hamda raqamli taraqqiyotdan ortda qolmagan holda foydalanuvchilar uchun koʻproq qulayliklar yaratishni boshladi. Soʻng 2020-yil Prezident tomonidan “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaror imzolanganidan keyin mamlakatda neobanklarning faoliyat yuritishi uchun barcha kerakli shart-sharoitlar yaratila boshladi.
 
Afzallik jihatlari haqida. Mijozlarga mobil ilovalar yoki veb-saytlar orqali raqamli xizmatlar taklif etish bank xizmatlarini 24/7 rejimida taqdim qilishni koʻzda tutadi. Ofislar, shtat xodimlari va texnikani saqlashga ketgan xarajatlarning kamligi evaziga tranzaksiyalarni amalga oshirish narxining 2 baravardan 16 baravargacha tushishiga erishiladi, kredit va omonatlar boʻyicha foydaliroq foiz stavkalari paydo boʻladi.  Taqdim etiladigan xizmatlarning ularning past tannarxiga perpendikulyar ravishda boʻlgan hajmini raqamli banklarning rentabelligini yuqori boʻlishiga olib keladi. Boshqacha qilib aytganda, onlayn-banklarning asosiy afzalliklari – navbatlarsiz va qogʻozbozliksiz bepul ulanish, har bir mijozni alohida qoʻllab-quvvatlash, “blokcheyn” texnologiyasidan foydalanish evaziga xavfsizlik.

ob

Biroq elektron banklarning kamchiliklari haqida ham gapirib oʻtish kerak. Yuqori texnologik IT ishlanmalarga e’tibor qaratilishi bois raqamli banklarning maqsadli auditoriyasi ilgʻor yoshlar va biznesmenlar hisoblanadi. Koʻplab nafaqadagi kishilar innovatsiyalardan foydalanishni bilishmaydi. Ular zamonaviy texnologiyalar va onlayn-banklar xizmatlaridan bexabar boʻlganliklari sabab xizmatlardan toʻlaqonli foydalana olishmaydi. Digital banklar pul amaliyotlarini internet tarmoqlari orqali amalga oshiradi. Ba’zan ushbu operatsiyalar terminallar boʻlmagan yoki yetarlicha boʻlmagan sharoitda kechadi. Ba’zi raqamli banklar plastik kartalar oʻrniga virtual kartalar joriy qiladi. Kimdir aynan shuning uchun oddiy banlarni tanlashi mumkin. Bundan tashqari, raqamli banklarning Oʻzbekistonda ommalashishini sekinlashtirayotgan faktorlar ham mavjud. Bular moslashtirilmagan normativ-huquqiy baza, texnologik jihatdan yetarlicha kuchli boʻlmagan data-markazlar, mutaxassislarning yetishmasligi, shuningdek internet bilan bogʻliq muammolar. Biroq ushbu muammolarni yechish imkoni bor, bu faqat vaqt va ba’zi resurslarni talab qiladi.

ob

Istiqbollar qanday? Bank sektori va toʻlovlarning raqamlashtirilishi – mamlakat bank va moliya tizimi rivojlanishining eng muhim jihati. Onlayn-banklarning istiqbolli yoʻnalishlaridan biri moliyaviy sektorlarning raqamlashtirilishi evaziga xizmatlar narxining 40-60 foizga tushirilishi. Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyotning ilgʻor texnologiyalari paydo boʻlishi hamda texnologiyalarning yanada rivojlanishi uchun deyarli barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Kiberxavfsizlikni ta’minlash, data-markazlarni takomillashtirish va hisoblash texnikasinining doimiy, yoʻlga qoʻyilgan faoliyati raqamli texnologiyalarning iqtisodiy sohada yuqori integratsiyasiga hissa qoʻshadi. Shunday ekan, mamlakatimizda informatsion texnologiyalarning yuqori texnologik infratuzilmasidan foydalanish sifati boʻyicha Markaziy Osiyoda ilgʻor davlat boʻlish, investorlar uchun respublikaning jozibadorligini oshirish hamda aholining turmush-tarzini yaxshilash uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 10 июл 2023

Depozit haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Oʻqish
Ta'lim · 28 феврал 2024

Sizga tovlamachi qoʼngʼiroq qilayotganini qanday bilish mumkin?

Oʻqish
Ta'lim · 18 декабр 2023

Depozit o'zi nima: TBC Bank bilan kafolatli daromad

Oʻqish
Madaniyat · 05 декабр 2022

Tadqiqot: 20-21-asr binolarida Oʻzbekiston meʼmorchiligining anʼanaviy elementlaridan foydalanish

Oʻqish
Ta'lim · 06 апрел 2023

Qo'llanma: oila byudjeti qanday rejalashtiriladi?

Oʻqish
Ta'lim · 13 июл 2022

Chek-list: onlayn-kredit olishdan oldin nimalarni bilish kerak?

Oʻqish
Yangiliklar · 04 апрел 2023

TBC Bank Uzbekistan aksionerlardan qo'shimcha 28,1 mln dollar sarmoya jalb qildi

Oʻqish
Madaniyat · 27 март 2023

O'tmishdagi kinorejissyorlar. Bilishimiz shart bo'lgan nomlar

Oʻqish
Madaniyat · 17 апрел 2023

Qizil xonalar: Toshkentdagi fotolaboratoriyalar kim uchun va qanday ishlamoqda?

Oʻqish
Madaniyat · 20 октябр 2022

Qoʻqon yogʻoch oʻymakorligi maktabi

Oʻqish
Madaniyat · 12 январ 2023

2-maqola. Tadqiqot: 20-21-asr binolarida O'zbekiston me'morchiligining an'anaviy elementlaridan foydalanish

Oʻqish
Yangiliklar · 25 сентябр 2023

Toshkentda yangi TBC Talks loyihasi doirasida IMD va TBC Bank kompaniyasining eksklyuziv dasturi taqdim etildi

Oʻqish
Yangiliklar · 07 декабр 2022

World Economic Magazine ma’lumotlariga koʻra TBC Bank Uzbekistan 2022 yildagi "O‘zbekistonning eng yaxshi raqamli banki" deb topildi.

Oʻqish
Texnologiya · 07 март 2022

«Quyosh» geliomajmuasi yoki Parkentdagi texnologik mo‘jiza

Oʻqish
Madaniyat · 01 июн 2023

Neon, 3D va monoxrom: «Toshkent. Tarixiy optimizm arxirekturasi» ko'rgazmasi ochilishi qanday o'tdi?

Oʻqish
Yangiliklar · 08 июн 2023

TBC Bank yugurish uchun eksklyuziv merchni yaratdi

Oʻqish
Madaniyat · 18 январ 2023

4-maqola. Tadqiqot: XX-XXI asrga oid binolarda Oʼzbekiston arxitekturasi anʼanaviy elementlarining ishlatilishi

Oʻqish
Texnologiya · 01 март 2023

Neyrotarmoq odamlarning o'rnini bosa oladimi?

Oʻqish
Madaniyat · 16 январ 2023

3-maqola. Tadqiqot: XX-XXI asrga oid binolarda Oʼzbekiston arxitekturasi anʼanaviy elementlarining ishlatilishi

Oʻqish
Madaniyat · 27 феврал 2023

Eksperimental musiqa boʼyicha noodatiy festival qanday oʼtdi?

Oʻqish
Yangiliklar · 03 март 2023

Asosiy yutuqlar va yangi loyihalar: TBC Group OAV vakillari bilan press-branch o'tkazdi

Oʻqish
Texnologiya · 07 сентябр 2022

Bugungi kunda rivojlanib borayotgan 6 ta eng dolzarb texnologik yangilik

Oʻqish
Texnologiya · 10 апрел 2023

Blokcheyn qanday qilib hayotimizni yaxshilashi mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 17 феврал 2023

Madaniy dayjest: 17-23- fevral kunlari Toshkentda nima qilish mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 09 феврал 2022

Toshkentdagi yashirin haykaltaroshlik asarlari

Oʻqish
Madaniyat · 08 ноябр 2023

Integratsiyaning buyuk yo'li: fotograf Svetlana Balashova-Kuzmina o'zining O'zbekistonga sayohati va Integration nomli ko'rgazmasi haqida

Oʻqish
Madaniyat · 17 март 2023

Madaniy dayjest: 18-martdan 24-martgacha poytaxtda nima qilish mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 08 июн 2022

TBC Ornaments х Polya Pokatayeva: brendni boshqarishda individual yondashuv

Oʻqish