0
21 июл 2022

Odamlar oʻynaydigan oʻyinlar

 Stol oʻyini muxlislari kamdan-kam holatlarda bitta oʻyin bilan cheklanib qoladi. Ularning aksariyati – oilali, ishli, hayotda maqsadlari boʻlgan yetuk insonlar.

2014-yilning 16-martida Toshkentda birinchi “Antikafe” ochildi. Antikafe ovqatlanish korxonalarining oʻziga xos xususiyatlari koʻp, bizda faoliyatini boshlagan kafe oʻzining stol oʻyinlari bilan e’tiborga loyiq edi. Bu yerda barchamiz bolalikdan bilgan shaxmat va domino emas, balki yangi oʻyinlar, masalan, “Manchkin” oʻynash mumkin edi. Afsuski, “Antikafe” koʻp oʻtmay yopildi, biroq stol oʻyinlariga boʻlgan qiziqish soʻnmadi. 

 

 

nast

Qanchadir muddat poytaxtimizda “Magic Place” klubi faoliyat yuritdi. Bu yerda stol oʻyinlari doʻkonchasi va oʻyin hududi mavjud edi. Klubda asosan “Magic: The Gathering” – qudratli sehrgarlar jangi haqidagi kolleksion karta oʻyini mashhur edi. Ushbu oʻyinning ishlab chiqaruvchilari “Magic Place”ni qoʻllab-quvvatlagan hatto. Klub, afsuski, pandemiya vaqtida yopilib ketdi.

 

 

nast

2018-yil Toshkentda Rossiyaning “Hobby Games” va “Mosigra” doʻkonlarining filiallari ochildi va stol oʻyinlari mamlakatga yopirilib kirib kela boshladi. “Hobby Games” “Parus” koʻngilochar markazida dam olish kunlari bepul igrotekalar tashkil etardi. Istagan kishi bu yerga kelib, stol oʻyinidan foydalanishi, oʻziga yoqqan oʻyinni doʻkondan sotib olishi mumkin edi. Shundan beri stol oʻyinlari oddiy holatga aylandi va “shanba kuni oʻyinga boramiz” degan taklif hech kimni ajablantirmay qoʻydi. 

 

 

nast

Stol oʻyinlari har xil boʻladi: “Manchkin” va “Magiya” kabi karta oʻyinlari, “Catan” singari taxtadagi oʻyinlar, “Warhammer”ga oʻxshash miniatyuralar bilan oʻyinlar. Stolda oʻynaladigan rol oʻyinlari alohida oʻringa ega boʻlib, ulardan zavq olish uchun faqat qogʻoz, ruchka, oʻynaladigan kubiklar va rivojlangan fantaziya talab etadi

 

 

nast

Shuningdek, oldinlari “Vega” SKMda “Dungeons and Dragons” oʻyini ishqibozlari yigʻilishardi. Pandemiyadan soʻng ushbu oʻyin onlayn formatga oʻtdi. Hozir “DnD”chilarni ba’zan “Parus” savdo markazida uchratish mumkin. Biroq, eski oʻyinchilarning birini aytishicha, hozirgi ishtirokchilar oldingidek qogʻoz va kublar bilan emas, faqat telefonlar yordamida oʻynashmoqda.

 

Ikkinchi guruh – “Warhammer” oʻyinchilari. Ushbu oʻyinda maktab yoshidagi yigit-qizlar ham, katta yoshli “amaki”lar ham ishtirok etishi mumkin. Varxamerchilar jumladan plastikdan yasalgan askarchalardan tuzilgan armiyalarning “Warhammer 40000” va “Warhammer Age of Sigmar” tizimlari boʻyicha yirik janglar, “Warcry”, “Kill Team” va “Necromunda” tizimlarida kichik toʻqnashuvlar uyushtiradi. Shuningdek, ular miniatyuralarni bezaydi, bino, xaroba va boshqa elementlarning modellarini yaratishadi hamda “Warhammer” koinotidagi adabiyotni muhokama qilishadi. Haqiqiy “varxammerchi” oʻnlab turdagi ranglarni va qora rangning turlarini ham farqlay oladi. 

 

nast

“Warhammer” koʻp sarf-xarajat talab etadigan xobbi. Oʻyin uchun miniatyuralar qimmat turadi. Yangi quticha sotib olgan bir oʻyinchi doʻstlariga: “xotinim soʻrasa, oʻyinni menga siz sovgʻa qilganingizni ayting”, deb tayinlab qoʻygan hatto. Ba’zi chet el miniatyura doʻkonlari hatto posilkaga soxta sovgʻa sertifikatini ham qoʻshib joʻnatadi. “Varxammerchilar” jamoasi haqida batafsil hook.report maqolasida oʻqishingiz mumkin.

 

nast

Stol oʻyinlari ishqibozlarining yana bir turi borki, ular bitta oʻyin bilan cheklanmaydi. Oʻyinchilar “Tainted Grail”da qadimgi Avallonni yovuzliklardan tozalaydi, yulduzlararo imperiyalar quradi, “Unmatched”da superqahramonlar va personajlarni urushtiradi, Govard Lavkraftning koinotida boʻylab koʻplab turdagi oʻyinlarda qadimgi xudolar va ularning xizmatkorlarini quvib chiqaradi. Xullas, ular, yaxshi hamrohlar boʻlsa, har qanday oʻyin tarafdori. Biroq bunday oʻyinchilar atrofdagilar uchun tushunmovchilik uygʻotishga tayyor turishi kerak. Masalan, “men hammaga sifilis yuqtirdim” degan iborani eshitgan kishi gap “Azob tortayotgan oʻrta asr” oʻyini haqida ketayotganini tushunmasligi mumkin. Yoki “sen mendan ovqatimni tortib olaversang, men qanday oʻsaman” degan gapni eshitgan qoʻshni bu “Evolyutsiya” oʻyiga tegishli ekanini tushunmasa kerak. 

 

Turli xil oʻyinlar tarafdorlari uchun yana bir xavfli holat – oʻyinlarga kirishib ketish xavfi. Muallifning bir tanishining uyida yuzdan ortiq katta qutilar va boshqa kichik oʻyinlar bor. Shulardan faqat yarmidan kami oʻynalgan xolos.

 

nast

Albatta, ushbu guruhlar orasida qat’iy chegaralar yoʻq. “Varxamerchi”lar orasida “DnDchi”lar ham bor, “Unmatched” oʻyinchilari ham bor, “lavkraftchilar” esa kosmik Taxtlar oʻyinini ham oʻynashi mumkin.

 

Stol oʻyinlariga kirib kelish jarayoni har kimda har xil boʻladi. Artyom 11 yoshli oʻgʻliga stol oʻyinini sovgʻa qilganida birinchi marta ushbu oʻyinni oʻynagan. Bir soat davom etgan quvnoq oʻyin natijasida Artyom yosh bola uchun gadjetdan koʻra stol oʻyinlari yaxshiroq ekanini tushungan. Uchinchi oʻyinni sotib olgach, bu narsa unga ham yoqishini sezib boshlagan. Artyom mana toʻrt yildirki stol oʻyinlarini oʻynab keladi. Uning aytishicha, oʻyinlar uni turli qiziqarli insonlar bilan tanishishiga sabab boʻlgan.

nast

Bek oʻzining ilk stol oʻyinini 2007-yilda oʻynagan. Yomgʻirli yoz kunida u doʻsti bilan uyiga “Arkxem dahshati” oʻyinini olib kelgan. Dastlab uni juda koʻp varaqlarqa ega boʻlgan qoidalar kitobi qoʻrqitib yuborgan, biroq u baribir oʻyinda gʻalaba qilgan. Shundan beri u koʻplab oʻyinlarni oʻynab koʻrgan, hozir esa u “Parus” savdo markazida stol oʻyinlari kechalarining eng faol tashkilotchilaridan biri. Bek uchun stol oʻyinlaridagi asosiy element – bu odamlar. Oʻyinlar qiziqarli odamlar bilan tanishtiradi, iste’dod va didni shakllantiradi, jamiyatga qoʻshilishga yordam beradi.

 

 

nast

Mixail yoshligidan oʻyinlarga qiziqadi. U oila a’zolari bilan turli viktorinalar, “hojatxona” oʻyini, qoʻlda yasalgan “Moʻjizalar maydoni” oʻyini (ularda hatto strelkasi bor baraban ham boʻlgan), shuningdek “Monopoliya”ning bir turi boʻ lgan “Bank” oʻyinini birgalikda oʻynagan. Kattaroq yoshda doʻsti unga “Beng” karta oʻyinini koʻrsatgan. Keyin Mixailni Beruniy metrosi yonida joylashgan antikafega taklif qilishgan. Bu yerda u turli xil stol oʻyinlarini uchratgan va koʻplab insonlar bilan tanishgan. Antikafe yopilgach, Mixail bir muddat stol oʻyinlarini oʻynamay qoʻydi. Bir kuni u  tanishining uyida “Arkxem dahshati” oʻyinini koʻrib qolib, stol oʻyinlari uning hayotining bir qismi ekaligini tushundi. U ushbu oʻyinni oʻzi bilan olib yurardi va turli insonlar bilan oʻyinlar tashkil etardi, mamlakatda tanqis boʻlgan oʻyinlarni oʻzi bosib chiqarardi. “Duch kelgan oʻyinlarni boshqalar bilan oʻynayverardim”, - deydi Mixail. Stol oʻyinlari tufayli u koʻplab ajoyib doʻstlar orttirdi.

 

nast

Stol oʻyini muxlislari kamdan-kam holatlarda bitta oʻyin bilan cheklanib qoladi. Ularning aksariyati – oilali, ishli, hayotda maqsadlari boʻlgan yetuk insonlar. Ular oʻynaydigan oʻyinlar esa – oʻzini namoyon qilishning, vaqt oʻtkazishning, hordiq chiqarib, muammolardan chalgʻishning yana bir usuli.

nast
Shuningdek, toshkentlik stol o'yinlari ishqibozlarining Telegram'da yozishuvlar uchun chati bor.
 

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 10 июл 2023

Depozit haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Oʻqish
Ta'lim · 28 феврал 2024

Sizga tovlamachi qoʼngʼiroq qilayotganini qanday bilish mumkin?

Oʻqish
Ta'lim · 18 декабр 2023

Depozit o'zi nima: TBC Bank bilan kafolatli daromad

Oʻqish
Madaniyat · 05 декабр 2022

Tadqiqot: 20-21-asr binolarida Oʻzbekiston meʼmorchiligining anʼanaviy elementlaridan foydalanish

Oʻqish
Ta'lim · 06 апрел 2023

Qo'llanma: oila byudjeti qanday rejalashtiriladi?

Oʻqish
Ta'lim · 13 июл 2022

Chek-list: onlayn-kredit olishdan oldin nimalarni bilish kerak?

Oʻqish
Yangiliklar · 04 апрел 2023

TBC Bank Uzbekistan aksionerlardan qo'shimcha 28,1 mln dollar sarmoya jalb qildi

Oʻqish
Madaniyat · 27 март 2023

O'tmishdagi kinorejissyorlar. Bilishimiz shart bo'lgan nomlar

Oʻqish
Madaniyat · 17 апрел 2023

Qizil xonalar: Toshkentdagi fotolaboratoriyalar kim uchun va qanday ishlamoqda?

Oʻqish
Madaniyat · 20 октябр 2022

Qoʻqon yogʻoch oʻymakorligi maktabi

Oʻqish
Madaniyat · 12 январ 2023

2-maqola. Tadqiqot: 20-21-asr binolarida O'zbekiston me'morchiligining an'anaviy elementlaridan foydalanish

Oʻqish
Yangiliklar · 25 сентябр 2023

Toshkentda yangi TBC Talks loyihasi doirasida IMD va TBC Bank kompaniyasining eksklyuziv dasturi taqdim etildi

Oʻqish
Yangiliklar · 07 декабр 2022

World Economic Magazine ma’lumotlariga koʻra TBC Bank Uzbekistan 2022 yildagi "O‘zbekistonning eng yaxshi raqamli banki" deb topildi.

Oʻqish
Texnologiya · 07 март 2022

«Quyosh» geliomajmuasi yoki Parkentdagi texnologik mo‘jiza

Oʻqish
Madaniyat · 01 июн 2023

Neon, 3D va monoxrom: «Toshkent. Tarixiy optimizm arxirekturasi» ko'rgazmasi ochilishi qanday o'tdi?

Oʻqish
Yangiliklar · 08 июн 2023

TBC Bank yugurish uchun eksklyuziv merchni yaratdi

Oʻqish
Madaniyat · 18 январ 2023

4-maqola. Tadqiqot: XX-XXI asrga oid binolarda Oʼzbekiston arxitekturasi anʼanaviy elementlarining ishlatilishi

Oʻqish
Texnologiya · 01 март 2023

Neyrotarmoq odamlarning o'rnini bosa oladimi?

Oʻqish
Madaniyat · 16 январ 2023

3-maqola. Tadqiqot: XX-XXI asrga oid binolarda Oʼzbekiston arxitekturasi anʼanaviy elementlarining ishlatilishi

Oʻqish
Madaniyat · 27 феврал 2023

Eksperimental musiqa boʼyicha noodatiy festival qanday oʼtdi?

Oʻqish
Yangiliklar · 03 март 2023

Asosiy yutuqlar va yangi loyihalar: TBC Group OAV vakillari bilan press-branch o'tkazdi

Oʻqish
Texnologiya · 07 сентябр 2022

Bugungi kunda rivojlanib borayotgan 6 ta eng dolzarb texnologik yangilik

Oʻqish
Texnologiya · 10 апрел 2023

Blokcheyn qanday qilib hayotimizni yaxshilashi mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 17 феврал 2023

Madaniy dayjest: 17-23- fevral kunlari Toshkentda nima qilish mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 09 феврал 2022

Toshkentdagi yashirin haykaltaroshlik asarlari

Oʻqish
Madaniyat · 08 ноябр 2023

Integratsiyaning buyuk yo'li: fotograf Svetlana Balashova-Kuzmina o'zining O'zbekistonga sayohati va Integration nomli ko'rgazmasi haqida

Oʻqish
Madaniyat · 17 март 2023

Madaniy dayjest: 18-martdan 24-martgacha poytaxtda nima qilish mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 08 июн 2022

TBC Ornaments х Polya Pokatayeva: brendni boshqarishda individual yondashuv

Oʻqish