0
27 июн 2022

Oʻtkan kunlarning zimiston tunlari haqida

Kinolentada koʻtarilgan muammolar, afsuski, hozirgacha dolzarbligini yoʻqotmagan

 

 

Film nomi: «Oʻtkan kunlar»
Janr: drama, tarixiy film, ekranlashtirish
Rejissyor: Yoʻldosh A’zamov
Ssenariy muallifi: Sobir Muhammedov
Bosh rollarda: Oʻlmas Alixoʻjayev, Gulchehra Jamilova, Abbos Bakirov
Kinokompaniya: Oʻzbekfilm
Suratga olingan yili: 1969

film

Filmning ilk sahnasini in va yanning yorqin misoli deb ta’riflash mumkin: ekranda otda ketayotgan ikki qarama-qarshi qahramon Otabek va Hamid paydo boʻladi. Ilk daqiqalardan biz asarning protagonisti va antagonisti bilan toʻqnashamiz. Otabek - yorugʻlik timsoli, Hamid - zulmat farzandi. Butun film ezgulik va yovuzlik kurashi ostida kechib, voqealar qanday yakun topishi oxirgi daqiqalargacha sir boʻlib qoladi.

Kinolenta 1969-yilda prokatga chiqqan. Syujetda oʻzbek millati tarixidagi eng qaygʻuli va eng adolatsiz davrlardan biri, begunohlarning qoniga botgan 19-asrdagi Qoʻqon xonligi tasvirlangan. Etnik nizolar va shafqatsiz mansabdorlarning zulmi mamlakatdagi vaziyatni yanada ogʻirlashtiradi. Kartinaning aynan ranglar gammasiga alohida e’tibor qaratish joiz: oʻzbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriy oʻz asarida ranglar qarama-qarshiligini tasvirlashga jiddiy urgʻu bergan. Voqealar rivoj topgan joy manzarasi yoki qahramonlar portreti - bularning barchasi syujet gʻoyasini anglashda muhim ahamiyat kasb etadi. Film asosan sariq va jigar rang tuslarda tasvirga olingan, qahramonlarning kiyimi ularning fe’l-atvoriga mos ravishda tanlangan, tabiat esa qoramtir togʻ va dashtlar, Toshkent va Margʻilon koʻchalarida aks etgan.

film

Bosh qahramonlar Otabek va Kumush Qodiriyning asarida xushbichim yuzli insonlar sifatida ta’riflangani film rejissyori Yoʻldosh A’zamovning nazaridan chetda qolmagan. Aktyorlar tarkibi kitobdagi tasvirga mos ravishda tanlangani koʻplab maqtovlarga sabab boʻlgan. Biroq qahramonlar tanlanishidagi kamchiliklarni ham tilga olish mumkin. Masalan, ikki sevishganning baxtini barbod qilish yoʻlida hech qanday qabihlikdan qaytmaydigan Hamidni Qodiriy choʻtir yuzli inson sifatida ta’riflagan. Biroq filmda rol ijro etgan aktyorda bunday tashqi nuqson mavjud emas. 

 

Ammo bu kabi arzimas kamchiliklar qiziqarli syujet, mohirona operatorlik ishi va jozibali musiqaning joʻrligi oldida soʻnib qoladi. Sharq madaniyatining asl nusxaga mosligi karnay-surnay, dutor va doʻmra ohanglari orqali aks ettirilgan. Kostyum va dekoratsiyalar, qanchalik oddiy boʻlmasin, oʻz davriga mos ravishda tanlab olingan. Hatto aktyorlarning nutqida ham oʻtmish asoratlari oʻz aksini topgan. 

film

Kinolentada koʻtarilgan muammolar, afsuski, hozirgacha dolzarbligini yoʻqotmagan. Ayol kishi uzoq oʻtmishda ham past maqomga ega boʻlganini asar qahramoni Kumush misolida koʻrish mumkin. Oila, farzand, roʻzgʻor - xuddi ayolning bundan boshqa gʻam-tashvishi yoʻqdek. Yuvib-tara, kiyintir, yigʻishtir - bugun uchun ham tanish manzara. Kumushning hayoti filmda Otabekning xarakterini ochish uchun yuzaki tasvirlangan. Kumush vafodormi? Ha, u Otabekka boʻlgan muhabbati tufayli boshqaga turmushga chiqishni xohlamadi. Kumush jasoratlimi? Ha, u hukmdorga xatni yetkazib, otasi va erini qutqarish uchun oʻz jonini garovga qoʻydi. Kumush gʻururlimi? Ha, u Toshkentga ketib qolgan erining quchogʻiga talpinmadi. Bizga Kumush faqat goʻzal, qimmatbaho va erishish qiyin boʻlgan marvarid singari ta’riflangan. Biroq uning chuqur ilm sohibasi ekanligi tilga olinmagan, Kumush mustaqil individuum sifatida alohida oʻringa ega emas. Otabek boʻlmaganida, roman yoki filmni Kumushning hayotiga bagʻishlash mumkinmidi? Katta ehtimol bilan yoʻq. Afsuski, oʻshandayam, hozir ham ayolning oʻrni soyada qolib kelmoqda. 

 

Asarda shuningdek ota-ona va farzand oʻrtasidagi ixtilof aks etgan. Yolgʻiz oʻgʻlidan ayrilganidan norozi ona uni ikkinchi marta uylantirib, oʻziga bogʻlashga qaror qiladi. Sharqona odob-tarbiya olgan Otabek oʻgʻillik burchini bajarish uchun takroran nikoh qurishga rozi boʻladi, biroq ikkinchi xotinini Zaynabni sevgandek sevmasligini aytadi. Otabekni qat’iyatsiz inson deyish mumkinmi? Uning ikkinchi nikohga rozi boʻlganligini Kumushga nisbatan xiyonat deya olamizmi? Bugun ushbu savollarga javob izlashdan koʻra barcha aybni mentalitetga toʻnkash qulay boʻlib qolmoqda. An’analarga sodiqlikni har tomonlama tahlil qilish kerak, hatto bunda kimgadir yoqmaydigan jihatlar boʻlsa ham. Balki mashhur asar bizni aynan ushbu mavzu ustida chuqur oʻylanishga da’vat qilar.

film

Fojiali sevgi hikoyasi fonida bundanda qaygʻuli tarixiy voqealar yuz beradi. Qoʻqon xonligi oʻzining chuqur inqiroz davrini boshdan oʻtkazayotgan edi. Gʻalayonlar, hokimiyat almashuvi, poraxoʻrlik, jaholat - bularning barchasi asarda ma’naviylik tanazzuli natijasi sifatida koʻrsatilgan. Eng diqqatga sazovor sahnalardan biri - Hamidning Otabek va Mirzakarimning ustidan qoziga qilgan arzi. Bu yerda biz xoʻmraygan qozi tangalarni koʻrgach bir zumda xushmuomala insonga aylanganini koʻrishimiz mumkin. Ushbu parcha kishini hayratlantiradi. Personajlarning hissiyot va replikalari orqali rejissyor jamiyatda sotqinlik qay darajada rivojlanganini koʻrsatib bergan. Bu kabi nuqsonlar filmda hech qanday balandparvoz gaplarsiz, keskin harakatlarsiz va hatto satiradan foydalanmagan holda aniq bayon etilgan. 

 

Filmning fojiali xotimasi hech qaysi tomoshabinni bee’tibor qoldirmaydi. Otabekning taqdiri nima bilan tugashi koʻrsatilmagan boʻlsada, u shafaq nurlariga qarab yoʻl oladi. Bundan gʻam-qaygʻu bosh qahramonning endi bir umrlik yoʻldoshi boʻlishini anglashimiz mumkin. Soʻnggi kadrlar menga yechilishi imkonsiz boʻlgan nooʻrin topishmoqdek koʻrindi. Xuddi saboq berish imkoniyati boy berilgandek. Axir bu kabi filmlar nafaqat koʻngilochar, balki tarbiyaviy xarakterga ega boʻlishi muhim-ku.

film

Shunga qaramasdan, men Yoʻldosh A’zamovning “Oʻtkan kunlar” filmini takror-takror koʻrishni tavsiya qilaman. Birinchi marta uni maktabda ta’lim berish maqsadida koʻrsatish kerak, film oʻquvchiga xonliklar davridagi siyosiy va ijtimoiy hayot haqida tasavvur uygʻotishga yordam beradi. Soʻng “Oʻtkan kunlar”ni balogʻat yoshida, oila qurishdan oldin barqaror prinsiplarga ega boʻlish uchun yana bir marta koʻrib chiqish kerak. Kimgadir ayon boʻlgan muammolar boshqa kishiga ma’lum boʻlmasligi mumkin, aynan tarixdan xulosa chiqargan holda biz xatolarni kelajakda takrorlamaslikka intilamiz.

film

Romanni oʻqimagan kishi uchun kartinani tushunish ba’zan murakkab boʻlishi mumkin. Biroq Otabek va Kumushning boshiga tushgan fojia soʻzsiz har bir kishining qalbini larzaga soladi. Bu yerda urush va tinchlik, sevgi va nafrat, yorugʻlik va qorongʻulik mavzulari koʻtarilib, tomoshabinga ular oʻzbek xalqining XIX asrdagi turmushi va urf-odatlarini nafis boʻyoqlarda tasvirlash orqali taqdim etilgan. Bosh qahramonlar - qorongʻu osmonda nur taratib turgan, hatto zulmatli tunda ham bir-biri uchun porlashda davom etadigan ikki yulduz. Ularga qarab bexosdan ayol va erkakning islom olamidagi oʻrni haqida oʻylab qolasan. Biz, yangi avlod vakillari esa ajdodlarimiz xatolarini  takrorlamaslik uchun ularning tajribasini sinchiklab oʻrganishimiz va toʻgʻri xulosalar chiqarishimiz kerak. 

film
film
film
17 Фото

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 10 июл 2023

Depozit haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Oʻqish
Ta'lim · 28 феврал 2024

Sizga tovlamachi qoʼngʼiroq qilayotganini qanday bilish mumkin?

Oʻqish
Ta'lim · 18 декабр 2023

Depozit o'zi nima: TBC Bank bilan kafolatli daromad

Oʻqish
Madaniyat · 05 декабр 2022

Tadqiqot: 20-21-asr binolarida Oʻzbekiston meʼmorchiligining anʼanaviy elementlaridan foydalanish

Oʻqish
Ta'lim · 06 апрел 2023

Qo'llanma: oila byudjeti qanday rejalashtiriladi?

Oʻqish
Ta'lim · 13 июл 2022

Chek-list: onlayn-kredit olishdan oldin nimalarni bilish kerak?

Oʻqish
Yangiliklar · 04 апрел 2023

TBC Bank Uzbekistan aksionerlardan qo'shimcha 28,1 mln dollar sarmoya jalb qildi

Oʻqish
Madaniyat · 27 март 2023

O'tmishdagi kinorejissyorlar. Bilishimiz shart bo'lgan nomlar

Oʻqish
Madaniyat · 17 апрел 2023

Qizil xonalar: Toshkentdagi fotolaboratoriyalar kim uchun va qanday ishlamoqda?

Oʻqish
Madaniyat · 20 октябр 2022

Qoʻqon yogʻoch oʻymakorligi maktabi

Oʻqish
Madaniyat · 12 январ 2023

2-maqola. Tadqiqot: 20-21-asr binolarida O'zbekiston me'morchiligining an'anaviy elementlaridan foydalanish

Oʻqish
Yangiliklar · 25 сентябр 2023

Toshkentda yangi TBC Talks loyihasi doirasida IMD va TBC Bank kompaniyasining eksklyuziv dasturi taqdim etildi

Oʻqish
Yangiliklar · 07 декабр 2022

World Economic Magazine ma’lumotlariga koʻra TBC Bank Uzbekistan 2022 yildagi "O‘zbekistonning eng yaxshi raqamli banki" deb topildi.

Oʻqish
Texnologiya · 07 март 2022

«Quyosh» geliomajmuasi yoki Parkentdagi texnologik mo‘jiza

Oʻqish
Madaniyat · 01 июн 2023

Neon, 3D va monoxrom: «Toshkent. Tarixiy optimizm arxirekturasi» ko'rgazmasi ochilishi qanday o'tdi?

Oʻqish
Yangiliklar · 08 июн 2023

TBC Bank yugurish uchun eksklyuziv merchni yaratdi

Oʻqish
Madaniyat · 18 январ 2023

4-maqola. Tadqiqot: XX-XXI asrga oid binolarda Oʼzbekiston arxitekturasi anʼanaviy elementlarining ishlatilishi

Oʻqish
Texnologiya · 01 март 2023

Neyrotarmoq odamlarning o'rnini bosa oladimi?

Oʻqish
Madaniyat · 16 январ 2023

3-maqola. Tadqiqot: XX-XXI asrga oid binolarda Oʼzbekiston arxitekturasi anʼanaviy elementlarining ishlatilishi

Oʻqish
Madaniyat · 27 феврал 2023

Eksperimental musiqa boʼyicha noodatiy festival qanday oʼtdi?

Oʻqish
Yangiliklar · 03 март 2023

Asosiy yutuqlar va yangi loyihalar: TBC Group OAV vakillari bilan press-branch o'tkazdi

Oʻqish
Texnologiya · 07 сентябр 2022

Bugungi kunda rivojlanib borayotgan 6 ta eng dolzarb texnologik yangilik

Oʻqish
Texnologiya · 10 апрел 2023

Blokcheyn qanday qilib hayotimizni yaxshilashi mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 17 феврал 2023

Madaniy dayjest: 17-23- fevral kunlari Toshkentda nima qilish mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 09 феврал 2022

Toshkentdagi yashirin haykaltaroshlik asarlari

Oʻqish
Madaniyat · 08 ноябр 2023

Integratsiyaning buyuk yo'li: fotograf Svetlana Balashova-Kuzmina o'zining O'zbekistonga sayohati va Integration nomli ko'rgazmasi haqida

Oʻqish
Madaniyat · 17 март 2023

Madaniy dayjest: 18-martdan 24-martgacha poytaxtda nima qilish mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 08 июн 2022

TBC Ornaments х Polya Pokatayeva: brendni boshqarishda individual yondashuv

Oʻqish