0
04 июл 2022

Silvia Furmanovich x Uzbek handicrafts: как узбекские орнаменты оказались в коллекции бразильского ювелира Сильвии Фурманович

Har safar yangi texnikani yoki jarayonni kashf qilganimizda, ularni boʻlajak kolleksiyalarimizga kiritamiz. Oʻzbek texnikalari va hunarlari yangi kolleksiyalarda turli xil tematika va mavzularda aks etishini kutib qoling.

 

TBC Bank oʻzbek milliy naqshlaridan mamlakat va uning tashqarisida foydalanish mavzusini oʻrganishda davom etadi. 2022-yilning kuzida braziliyalik zargar Silviya Furmanovich oʻzining “Ipak yoʻli” nomli yangi kolleksiyasini taqdim etdi. Ushbu toʻplamni tayyorlashda Silviya Oʻzbekistonning bir necha tarixiy shaharlari, jumladan Toshkent, Samarqand va Xiva boʻylab qilgan oxirgi sayohatidan ilhom olgan.

Silviya Furmanovich oʻz brendini 20 yil oldin yaratgan va bugunga kelib zargarlik san’atidagi eng zamonaviy rassomlardan biriga aylanib ulgurgan. 

sf

Silviya Braziliyaning San Paulu shahrida tugʻilgan va qadimgi italiyalik zargarlar avlodiga mansub. Uning katta bobosining otasi Vatikan uchun bezaklar yaratgan. Bolaligida Silviya zargar otasining ustaxonasida soatlab vaqt oʻtkazgan. 1998-yil u shaxsiy kolleksiyasini chiqaradi, 2009-yilda esa ona shahrida ilk butigini ochadi. Bugun “Furmanovich” brendi – muvaffaqiyatli oilaviy biznes mahsuli. Brend mahsulotlari ikkita butikda taqdim etilgan. Shuningdek Silviya San Paulu shahrida shaxsiy atelyesiga ega.

Furmanovich oʻz ijodida –  Yaponiya va Hindistondan tortib Italiyagacha va Amazoniyaning tropik oʻrmonlarigacha – turli madaniy va tarixiy an’analarga tayanib, material va texnikalarni chuqur oʻrganish evaziga ijodiy ilhomni yangi, qayta anglangan darajaga chiqaradi. Braziliyaning boy flora va faunasi aks etgan jimjimador yogʻoch marketri, hind miniatyura rassomligi yordamida tasvirlangan boburiylar romantikasi, amazon bambukidan foydalangan holda qayta anglangan yapon bambuk savatchalarini toʻqish va qadimgi Rim mikromozaikasiga gardishga solingan javohirotlar – bularning barchasi Silviyaning ranglar va rangli qimmatbaho toshlardan dadillik bilan foydalanishi evaziga roʻyobga chiqarilmoqda. 

sf

Silk road – bu zargarlik san’atining oʻziga xos koʻrinishda namoyon boʻlishi. Oʻzbekistonga kelgach, Furmanovich turli xil toʻqimachilik an’analarining qiziqarli tadqiqotiga shoʻngʻidi. Braziliyalik zargar butun Respublika boʻylab gazlama ishlab chiqaruvchilar, ipak matolarini toʻquvchilar hamda vintaj toʻqimachilik mahsulotlari sotuvchilarning ishlari bilan tanishishga bordi. Natijada gazlamadan foydalangan holda, marketri texnikasi, miniatyura rassomlik san’ati va bambukdan toʻqish texnikasi yordamida soʻzana va ikatning boy an’analarida oʻzi uchun ochgan kolleksiya paydo boʻldi.

TBC Bank Silviya Furmanovich suhbat qurib, zargardan Oʻzbekistonning madaniy merosiga murojaat qilish va oʻzbek naqshlaridan foydalanish gʻoyasi qanday paydo boʻlgani haqida soʻradik.

sf

- Silviya, sizni dunyo xalqlarining madaniyati ilhomlantiradi. Oʻzbekistonni tanlashingizga nima sabab boʻldi?

 

- Bizni Buyuk ipak yoʻli tarixi ilhomlantirdi. Ushbu karvon yoʻli asrlar davomida nafaqat tovarlar, balki gʻoya va konsepsiyalar almashuvida muhim rol oʻynagan. Biz bezaklarimizni yaratishda madaniyatlarning oʻzaro munosabatini doimiy ravishda tahlil qilib kelamiz. Shuning uchun Toshkent, Buxoro, Samarqand va Xiva kabi shaharlar ushbu gʻoyalarni oʻrganish uchun ajoyib fon boʻlib xizmat qildi.Oʻzbekistonning san’ati va me’morchiligi ham bizning ijodimiz uchun ilhom manbaiga aylandi. Butun sayohatimiz davomida biz muzey, mavzoley, madrasa va masjidlarda uchratgan san’at asarlariga mahliyo boʻldik.

 

- Kolleksiya yaratish uchun siz mamlakatlarga shaxsan tashrif buyurasiz. Har bir oʻlkaning madaniy qatlamiga shoʻngʻishga sizga nima yordam beradi?x

 

- Biz ijodiy sayohatga otlanishimizdan oldin koʻplab tadqiqotlar oʻtkazamiz, koʻplab ma’lumotlarni oʻrganamiz. Sayohat davomida kutilmagan syurprizlar yuz beradi, bu ijodiy quvonchning bir qismi. Yoʻl koʻrsatuvchimiz Azizbek Rahmatov bizga koʻplab qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdi. U bizni antikvar zargarlik buyumlar sotuvchilari, mato fabrikalarining ishchilari va toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari bilan tanishtirdi. Uning yordami bilan biz til muammosiga duch kelmadik va hunarmandlar bilan bemalol muloqot qildik. 

sf


- Siz oʻz ishlaringizni yaratishda tabiiy materiallardan foydalanasiz, bu sizning mualliflik uslubingiz. Oʻzbek motivlari aks etgan kolleksiyalaringizda qanday materiallardan foydalangansiz?

 

- Biz Buxoroda juda chiroyli gilamlar sotiladigan doʻkonga tashrif buyurdik. U yerdagi toza ipakdan toʻqimachilik dastgohida tayyorlangan buyumlar bizda unutilmas taassurot qoldirdi. Doʻkonning orqa qismida gilam tikuvchi ayollar bilan tanishdik va ularning ishi naqadar murakkab ekaniga guvoh boʻldik. Soʻng Fargʻona vodiysiga borib, ipak bilan mahsulotlar tikuvchilar bilan uchrashdik va shoyi toʻqish jarayonini tomosha qildik. Biz usta qizlarga toʻqimachilik dastgohida ipakdan buyumlar tayyorlab berishini iltimos qildik va keyin ularni 18 karrali oltin, brilliant, tanzanit va rubellit gardishga soldik. Juft sirgʻalarning birida ipakning 1600 ta uvoqqina tugunchasi mavjud. Bu amaliy hunarmandlik nuqtai nazaridan qahromonona ish hisoblanadi. 

 

- Sizning har bir kolleksiyangiz oʻz tarixiga ega. Silk Road tarixi haqida gapirib bersangiz.

 

- Oʻzbekiston boʻylab sayohatimiz chogʻida biz koʻplab eng yaxshi ipak bilan tikuvchilar, toʻqimachilik mahsulotlari sotuvchilari va mato ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashdik. Ranglar va tekstura bizni lol qoldirdi. Shuningdek bizga oʻzbek xalqining ochiqkoʻngilligi, saxiyligi va mehmondoʻstligi manzur keldi. Fargʻona vodiysida biz ikat va soʻzana matolari qanday tayyorlanishini bilib oldik hamda yangi texnikani oʻz ishimizga joriy etish uchun ipak bilan tikuvchilar bilan uchrashdil.

sf

-  Biror bir kolleksiyani yaratishda eng asosiysi nima?

- Biz doim yangilik yaratishga intilamiz. Kolleksionerlarimiz kutilmagan va noodatiy narsalarni istab bizga murojaat qilishadi. Men dunyoning olis burchagida kim uchundir qimmatli boʻlgan oʻziga xos narsalarni topishni yaxshi koʻraman. Men yorqin voqealarni soʻzlaydigan qimmatbaho buyumlarni yaratishdan rohatlanaman.

- Oʻz uslubingizni qanday ta’riflagan boʻlardingiz?

- Goʻzallikni hech kim kutmagan joylarda va birikmalarda izlash va topish.

sf

- Oʻzbek naqshlarini va milliy hunarchilik elementlarini keyinchalik oʻz kolleksiyalaringizda qoʻllashni rejalashtirganmisiz?

 

- Albatta. Har safar yangi texnikani yoki jarayonni kashf qilganimizda, ularni boʻlajak kolleksiyalarimizga kiritamiz. Oʻzbek texnikalari va hunarlari yangi kolleksiyalarda turli xil tematika va mavzularda aks etishini kutib qoling.

 

- Sizning mukofotlaringiz juda koʻp. Ular sizni yangiliklarni yaratishga undaydimi? 

 

- E’tirofdan juda mamnunmiz, ammo ishimizning amalga oshishiga yordam berayotgan ustalar, xodimlar va hamkorlarimiz ushbu mukofotlarga koʻproq loyiq.

sf

Silviya Furmanovich dunyodagi eng mashhur ayol zargarlardan biri hisoblanadi. U uch marta nufuzli “Couture Design Award 2018” sovrini sohibiga aylangan. Uning Hindiston va Misrga bagʻishlangan kolleksiyalari “Town & Country Jewelry Award” mukofotiga loyiq deb topilgan. “Silk Road” kolleksiyasidagi sirgʻalar uchun Silviya ikkita nominatsiyada “Couture Design Awards 2022” mukofoti sohibiga aylangan. 

 

Silk Road kolleksiyasi haqida videoni bu erda ko'rishingiz mumkin.

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 10 июл 2023

Depozit haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Oʻqish
Ta'lim · 28 феврал 2024

Sizga tovlamachi qoʼngʼiroq qilayotganini qanday bilish mumkin?

Oʻqish
Ta'lim · 18 декабр 2023

Depozit o'zi nima: TBC Bank bilan kafolatli daromad

Oʻqish
Madaniyat · 05 декабр 2022

Tadqiqot: 20-21-asr binolarida Oʻzbekiston meʼmorchiligining anʼanaviy elementlaridan foydalanish

Oʻqish
Ta'lim · 06 апрел 2023

Qo'llanma: oila byudjeti qanday rejalashtiriladi?

Oʻqish
Ta'lim · 13 июл 2022

Chek-list: onlayn-kredit olishdan oldin nimalarni bilish kerak?

Oʻqish
Yangiliklar · 04 апрел 2023

TBC Bank Uzbekistan aksionerlardan qo'shimcha 28,1 mln dollar sarmoya jalb qildi

Oʻqish
Madaniyat · 27 март 2023

O'tmishdagi kinorejissyorlar. Bilishimiz shart bo'lgan nomlar

Oʻqish
Madaniyat · 17 апрел 2023

Qizil xonalar: Toshkentdagi fotolaboratoriyalar kim uchun va qanday ishlamoqda?

Oʻqish
Madaniyat · 20 октябр 2022

Qoʻqon yogʻoch oʻymakorligi maktabi

Oʻqish
Madaniyat · 12 январ 2023

2-maqola. Tadqiqot: 20-21-asr binolarida O'zbekiston me'morchiligining an'anaviy elementlaridan foydalanish

Oʻqish
Yangiliklar · 25 сентябр 2023

Toshkentda yangi TBC Talks loyihasi doirasida IMD va TBC Bank kompaniyasining eksklyuziv dasturi taqdim etildi

Oʻqish
Yangiliklar · 07 декабр 2022

World Economic Magazine ma’lumotlariga koʻra TBC Bank Uzbekistan 2022 yildagi "O‘zbekistonning eng yaxshi raqamli banki" deb topildi.

Oʻqish
Texnologiya · 07 март 2022

«Quyosh» geliomajmuasi yoki Parkentdagi texnologik mo‘jiza

Oʻqish
Madaniyat · 01 июн 2023

Neon, 3D va monoxrom: «Toshkent. Tarixiy optimizm arxirekturasi» ko'rgazmasi ochilishi qanday o'tdi?

Oʻqish
Yangiliklar · 08 июн 2023

TBC Bank yugurish uchun eksklyuziv merchni yaratdi

Oʻqish
Madaniyat · 18 январ 2023

4-maqola. Tadqiqot: XX-XXI asrga oid binolarda Oʼzbekiston arxitekturasi anʼanaviy elementlarining ishlatilishi

Oʻqish
Texnologiya · 01 март 2023

Neyrotarmoq odamlarning o'rnini bosa oladimi?

Oʻqish
Madaniyat · 16 январ 2023

3-maqola. Tadqiqot: XX-XXI asrga oid binolarda Oʼzbekiston arxitekturasi anʼanaviy elementlarining ishlatilishi

Oʻqish
Madaniyat · 27 феврал 2023

Eksperimental musiqa boʼyicha noodatiy festival qanday oʼtdi?

Oʻqish
Yangiliklar · 03 март 2023

Asosiy yutuqlar va yangi loyihalar: TBC Group OAV vakillari bilan press-branch o'tkazdi

Oʻqish
Texnologiya · 07 сентябр 2022

Bugungi kunda rivojlanib borayotgan 6 ta eng dolzarb texnologik yangilik

Oʻqish
Texnologiya · 10 апрел 2023

Blokcheyn qanday qilib hayotimizni yaxshilashi mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 17 феврал 2023

Madaniy dayjest: 17-23- fevral kunlari Toshkentda nima qilish mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 09 феврал 2022

Toshkentdagi yashirin haykaltaroshlik asarlari

Oʻqish
Madaniyat · 08 ноябр 2023

Integratsiyaning buyuk yo'li: fotograf Svetlana Balashova-Kuzmina o'zining O'zbekistonga sayohati va Integration nomli ko'rgazmasi haqida

Oʻqish
Madaniyat · 17 март 2023

Madaniy dayjest: 18-martdan 24-martgacha poytaxtda nima qilish mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 08 июн 2022

TBC Ornaments х Polya Pokatayeva: brendni boshqarishda individual yondashuv

Oʻqish