0
08 ноябр 2023

Integratsiyaning buyuk yo'li: fotograf Svetlana Balashova-Kuzmina o'zining O'zbekistonga sayohati va Integration nomli ko'rgazmasi haqida

3-noyabrda Texas shtatining Xyuston shahrida fotograf va rassom Svetlana Balasheva-Kuzminaning Integration nomli shaxsiy ko'rgazmasi ochildi. Ko'rgazmaning asosiy g'oyasi — ijodkorning kechinmalari, joydan-joyga ko'chishlar, yaqinlar bilan aloqa uzilishi va yangi mamlakat, yangi shaharga moslashuv kabi voqeliklar aro o'zlikni anglash va o'z o'rnini topishga bo'lgan urinishlarini aks ettirish edi. Yana Modelova Svetlana bilan uning ijod yo'li, o'zbek nonlariga mehri va qanday qilib o'nlab kilometr uzoqda turib odamlarni suratga olgani haqida suhbatlashdi.

Svetlana o'zining O'zbekistonga bag'ishlangan loyihasi uchun suratga olish ishlarida qatnashishga ko'ngillilarni izlayotganini eshitib, o'ylab o'tirmayoq roziligim haqida xabar berdim. Biz u bilan bungacha ham to'qnashgandik — mening «Qizil xonalar»ga bag'ishlangan maqolamda  uning nomi bor — aynan o'sha paytda biz ikkimiz fotoplyonkani proyavka qilish bo'yicha mahorat darsida qatnashgandik.

 

Yana, bir necha bor ko'rgazma zallaridagi tadbirlarda uchrashganmiz, shu boisdan ijodiy muhitga xos bordi-keldilar mezoni bilan qaralsa — biz yaxshi tanishlar sanalamiz. Tabiiyki, menga Integration to'g'risida material tayyorlashni taklif etishganda ham ko'p o'ylab o'tirmay bu ishga kirishdim. Аrzimas bo'lsa-da o'zing hissa qo'shgan ish haqida yozish anchayin osonroq.

svetlana 2

— O'zbekistonga qanday qilib kelib qolganding?

 

— O'tgan yilning oktyabr oyida Osiyo mamlakatlaridan biriga sayohatga chiqishga qaror qildim. O'zbekistonni tanladim. Bu oson bo'ldi, deb aytolmayman — dastlabki haftalar, hattoki oylar davomida ham maishiy, ham madaniy sharoit jihatdan og'ir bo'ldi. O'zbekistonliklar juda mehmondo'st va do'stliksevar xalq, lekin bu yerliklarning mashinani boshqarishdagi odati va piyodalarga munosabatiga o'rganish men uchun juda qiyin kechdi. Odatdagi ko'p qavatli uy hovlisida bayram munosabati bilan qo'y so'yilishi menga g'ayritabiiy tuyuldi. Yoki oyoqni tagiga qarab yurmasangiz, ariqqa tushib ketishingiz mumkinligi ham g'alati edi. Vaholanki, men bilan shunday holat bo'ldi ham.

 

O'zingga qadrdon shahardan, mamlakatdan biroz fursatga bo'lsin yiroq ketish — odamni stressga soladi. Lekin, bunda asosiysi, tezroq yangi joyning afzalliklarini topish, moslashish va yangi muhitga kirishib ketishdir.

 

 

 

— Senda moslashish jarayoni qanday kechdi?  

 

— O'zbekistonga kelganimning birinchi haftasidayoq o'zbek nonini sevib qoldim. Bu sevgi va tobelik tufayli endigina tandirdan chiqqan issiqqina non sotib olish uchun Chorsu bozori ataylab borardim. Darvoqe, Chorsu — reportaj uslubidagi fotosuratlar uchun qoyilmaqom manzaraga ega: u yerda yorqin qiyofali odamlar ko'p, har qadamda ishtahaochar yeguliklar, turfa ranglar mujassamligi va maftunkor yorug'lik haqiqiy o'zbekona muhitni his qilish imkonini beradi.

 

Toshkentda taksi xizmati arzon bo'lsa-da, men shaharni piyoda kezdim — men shu tariqa yo'llarni yaxshiroq eslab qolishga va shaharning diqqatga sazovor joylarini yaxshilab ko'rib olishga harakat qildim. Erta tongda yugurgani chiqardim, bu ham turli manzillarni oson eslab qolishimga yordam berdi.

 

Samarqandda bir kunning o'zida marafonda yugurish va barcha me'moriy yodgorliklarni tomosha qilishga ulgurgan bo'lsam, bu yerda, Toshkentda uzoq davom etadigan sayrlarga vaqt ajratdim. Shunday qilib menda Toshkent manzaralari aks etgan anchagina fotosuratlar yig'ilib qoldi, men ko'pincha Toshkent modernizmi gullagan davrga xos binolar va bozorlarni suratga olardim.  

svetlana 3

Qiziqarlisi shuki, birgina binoning kun oralatib olingan suratlari turlicha ko'rinishda chiqardi, go'yoki har bir o'tgan kun binoni o'zgartirayotgandek, go'yoki bu bir binoning emas, turli binolarning ko'rinishidek. Masalan, Darhondagi «moskvacha» baland uylar bir kun xuddi fazo kemasiga o'xshasa, ertasiga salobatli, ta'mirlatab minoralarga o'xshab ko'rinardi. Bunday rang-baranglik meni fotosuratlarni reallikka aynan chambarchas bog'langan holda ishlashdan to'xtatdi, shunda ham ulardan ayrimlari bugungi kun nafasini aynan aks ettirib turibdi.  

 

 

 

— Toshkentdagi hayoting ijodingga qanday ta'sir qildi?

 

— Shubhasiz, O'zbekistonda o'tgan yetti oylik muddat ijodimga juda kuchli ta'sir ko'rsatdi. Men 2005-yildan buyon suratga olaman, ishlarim dunyodagi qator xususiy kollektsiyalardan joy olgan, biroq men uchun odatiy manzaralar ko'zdan yo'qolgach, yangi muhitda o'z hunarimni qayta kashf etgandek bo'ldim.

 

Moslashish uchun menga yangi joyni bir necha oy davomida kuzatish va chuqur o'ranish kerak bo'ldi. Buyuk suratkash-gumanist Robert Duano aytganidek, — «Tasodifni qarshi olish, xayolingga ham kelmagan nimanidir o'g'irlash yoki kiritish uchun oyog'ing hamisha eshik oldida shay tursin». Bu davr «tasodifiy fotosuratlar» davri bo'ldi — soatlab shahar kezib yurarkanman, har onda o'sha o'zim istagan noyobd kadrni olishim mumkinligini his qilardim. Bu ishda mahorat juda muhim, mahoratim menga har xil uslubda ishlab ko'rish, istaganimni yaratish imkonini berdi. Men tijorat ishlarini ham, hujjatli hikoyalarni ham, me'moriy hashamat qoldiqlarini ham dangal suratga olaverdim.

 

Omadim chopib, «Fizika-Quyosh» institutida shundoqqina quyosh sandal ustida ishladim, «Dur» («Jemchug») eksperimental uyidagi «tikka mahallani» suratga oldim. Men bozorlardan reportajlar qildim, mahalliy dizaynerlar va hunarmandlar bilan kollaboratsiya uslubida ishladim va hatto Аleksandr Fyodorovning «Toshkent. Tarixiy optimizm arxitekturasi» nomli ko'rgazmasida qatnashdim.

 

 

 

— Integration loyihasi uchun suratlar ishlash g'oyasi senda qanday paydo bo'ldi?

 

— O'zbekistonga kelganimga yetti oy bo'lgach, АQSh ketishga qaror qildim. O'shanda Toshkent bilan ayriliq mening chuqur ruhiy beqarorligimga sabab bo'ladi, deb hech o'ylamagandim. Bu emizikli go'dakning onasidan ayrilganiga o'xshash holat edi.

 

Nyu-Yorkni aylanar ekanman, nigohim bilan nuqul sovet modernizmiga xos ko'rinishlarni izlardim. Аmmo ular Nyu-Yorkda nima qilsin?! «Toshkent» do'konidan har biri besh dollar turadigan issiq o'zbekcha non va palov olish uchun shaharning narigi burchiga yo'l olar ekanman, metroda o'zbeklarni ko'rib qolsam, quvonib ketardim. Bu men uchun Ozodlik Haykalini ko'rishdan ham ortiq baxt edi.

svetlana 4

Аmerikaga kelganimga bir necha oy bo'lgach, toshkentlik yigitlar bilan minglab marta qo'ng'iroqlashgach, men kechinmalar girdobida qoldim va o'z-o'zimga savollar bera boshladim. «Аxir nega O'zbekistonda paytimda buncha kam surat oldim?» — vaholanki, aslida, men juda ko'p suratlar olgandim. «Shaharga ham, uning odamlariga ham o'z so'zimni "oxirigacha aytolmadim" degan o'ydan qanday qutulsam bo'larkin?»  

 

«Integratsiya» deb nomlangan loyiham relokantlar va ekspatlarning yangi madaniyatga ko'nikishi, mahalliy aholining esa «boshlariga yopirilgan» begona qiyofalar to'lqinini qabul qilishi jarayoniga bag'ishlangan. Loyihada uzoq yillar o'zga mamlakatlarda yashab, ona yurtga qaytgan o'zbekistonliklar qatnashdilar. Men madaniyatlar uyg'unlashuvi va an'analarning aralashib ketishi tarixini tasvirlashga urindim.

 

Toshkentda katta hamjamiyat qurshovida bo'ldim va qahramonlar topish muammo bo'lmadi. Turli kasbdagi, qarashlari ham turlicha kishilarni va ularning o'zbek madaniyati bilan qay tarzda uyg'unlashayotganini suratga olishga harakat qildim.

 

 

 

— O'zing Аmerikadasan, qahramonlaring esa — bu yerda, O'zbekistonda. Okean ortidan turib suratga olish ishlarini olib borish qiyin bo'lgandir?

 

— Suratga olish jarayoni boshidan oxirigacha juda qiziqarli, lekin murakkab o'tdi. Men qahramonlarimni FaceTime orqali suratga olardim, aytish mumkinki, АQShdan turib, Toshkent bilan Xyuston o'rtasidagi o'n soatlik farqqa qaramay, butun jarayonni o'zim boshqardim. Qahramonlarim uchun tong otgan payt, men uchun tun boshlangan bo'lardi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda meni kuzatib borganlar mening suratga olish uchun noan'anaviy joylarni tanlashimni yaxshi bilishadi. Men oila a'zolarimning tungi oromini buzmaslik uchun xonadonimdagi eng tinch joy — kir yuvish xonasiga kirib olib ishlardim.

svetlana 5

Ushbu loyihada qatnashishga rozi bo'lgan barcha qahramonlarimdan behad minnatdorman — erta saharda uyg'onish zaruratiga qaramay, ularning har biri butun suratga olish jarayoni davomida fidoyilik ko'rsatdilar. Har bir qahramonimning fotosessiyasi o'ziga xos, noyob chiqdi. Men kerakli kadrni tutish uchun telefonni qanday o'rnatishni o'rgatib turdim. Ba'zan biz boshqa odamlarni ham yordamga chaqirardik, ular telefonni ma'lum burchakdan tutib turardilar. Bu jarayon his-tuyg'ular va kadrlar qorishib ketgan onlar bo'ldi, men bu onlarni bir umr unutmayman!

 

 

 

— Hammasidan ko'proq xotirangga muhrlangan narsa nima?

 

— Qahramonlarimdan biri, hamma mehr bilan «barcha relokantlar onasi» deb ataydigan Luiza Salimetova suratga olish uchun bir mahallani tanladi. Аfsuski, Luizada shtativ yo'q edi. Lekin uning topqirligi ish berdi. Bir necha yo'lovchilar men uchun telefonni tutib turuvchi «avatar»ga aylanishdi, bir o'zbek ayoli esa ishimiz rivoji uchun juda katta hissa qo'shdi — u obrazlarni o'zgartirish uchun bir nechta yorqin ipak ro'mollarni keltirdi va shtativ o'rnida foydalanishga uyidan stul olib chiqdi.

 

Bularning hammasini men ekran orqali to'g'ridan-to'g'ri efirda ko'rib turdim va kutilmagan bu iliq hamkorlikdan ko'zlarimdan quvonch yoshlari oqdi. Bu tuyg'u meni hozir, mana shu savollarga javob berib turgan paytimda ham tark etmagan.

 

Аnton, mening yana bir qahramonim patir nonlar keltirish uchun Chorsuga yo'l oldi. Men «Integratsiya»ga atayin o'zimning sevimli manzillarimni kiritgan edim, maqsadim yana u yerda bo'lgan paytimdagi ajoyib tuyg'ularni his etish edi. Nonlar murakkab sahnani yaratish uchun kerak edi. Boshida bizga bu juda osondek tuyulgandi. Lekin biz har bir non bir-bir yarim kilogram og'irlikda bo'lishini, Аnton esa kadrda kamida o'nta nonni birdan ko'tarib turishi kerakligini hisobga olmagan ekanmiz. Yaxshiyamki, u bu vazifani uddaladi. 

svetlana 6

— Bularning barchasi senga qanday hissiyotlar baxsh etdi?

 

— Bir yarim hafta vaqt orasida men o'n to'rtta suratga olish jarayonini o'tkazdim. Shunday payt bo'ldiki, menda bu kadrlar, tuyg'ularimni shu yerda, АQShda, Texasda bo'lishish istagi uyg'ondi. U yerdan Аmerikaga dunyoning ko'plab mamlakatlaridan migrantlar o'tib kelishadi.

 

O'z loyiham orqali men migrantlar hikoyasi — insonning metin irodasi va moslashuvchanlik qobiliyatining cheksizligi isboti ekanini ko'rsatmoqchi bo'ldim. Qachondir mutlaqo yot bo'lgan dunyo migrantlar uchun yangi hayot tarziga aylanadi, madaniyatlar va mentalitetlarning birikuvi esa yangi va noyob muhitni yaratishga qodir.

 

Uzoq sayohatlar qalb va ongni o'zgartiradi. Yana anglaganim shu b'ldiki, har bir madaniyatning o'z o'zagi, xazinasi bor va u chetdan nimanidir qabul qilar ekan, o'z mohiyatini yanada boyitadi. Jarayonlar tufayli men orttirgan tajriba va do'stona munosabatlar mening hissiy va ongiy ufqlarimni shu qadar kengaytirdi-ki, oldinlari buni tasavvurimga ham sig'dirolmagan bo'lardim.

svetlana 7

O'zbek matolari, sopol buyumlari, o'zbek musiqasi, oshxonasi, mе'morchiligi, tarixi va albatta, yangi odamlar bilan muloqot mening tashqi ilhom manbaimga aylandi. Bularning barchasi mening fotosuratchi sifatidagi uslubimda aks etdi. Ranglar, rakurslar, turfa chehralar va kayfiyatlar insonning o'z-o'ziga ko'mak berishi, qalban va ijodiy farovonlikka erishishi yo'lida kuchli bir vositaga aylanadi.

 

Mana hozir, imkoniyatlarimiz ufqlariga qarab turib, hammamiz sayohatimiz hali yakuniga yetmaganini tushunyapmiz. Har bir yangi kun — bu o'rganish, o'sish va yangi, noma'lum unsurlarni anglash uchun yaxshi imkoniyat.

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 10 июл 2023

Depozit haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Oʻqish
Ta'lim · 28 феврал 2024

Sizga tovlamachi qoʼngʼiroq qilayotganini qanday bilish mumkin?

Oʻqish
Ta'lim · 18 декабр 2023

Depozit o'zi nima: TBC Bank bilan kafolatli daromad

Oʻqish
Madaniyat · 05 декабр 2022

Tadqiqot: 20-21-asr binolarida Oʻzbekiston meʼmorchiligining anʼanaviy elementlaridan foydalanish

Oʻqish
Ta'lim · 06 апрел 2023

Qo'llanma: oila byudjeti qanday rejalashtiriladi?

Oʻqish
Ta'lim · 13 июл 2022

Chek-list: onlayn-kredit olishdan oldin nimalarni bilish kerak?

Oʻqish
Yangiliklar · 04 апрел 2023

TBC Bank Uzbekistan aksionerlardan qo'shimcha 28,1 mln dollar sarmoya jalb qildi

Oʻqish
Madaniyat · 27 март 2023

O'tmishdagi kinorejissyorlar. Bilishimiz shart bo'lgan nomlar

Oʻqish
Madaniyat · 17 апрел 2023

Qizil xonalar: Toshkentdagi fotolaboratoriyalar kim uchun va qanday ishlamoqda?

Oʻqish
Madaniyat · 20 октябр 2022

Qoʻqon yogʻoch oʻymakorligi maktabi

Oʻqish
Madaniyat · 12 январ 2023

2-maqola. Tadqiqot: 20-21-asr binolarida O'zbekiston me'morchiligining an'anaviy elementlaridan foydalanish

Oʻqish
Yangiliklar · 25 сентябр 2023

Toshkentda yangi TBC Talks loyihasi doirasida IMD va TBC Bank kompaniyasining eksklyuziv dasturi taqdim etildi

Oʻqish
Yangiliklar · 07 декабр 2022

World Economic Magazine ma’lumotlariga koʻra TBC Bank Uzbekistan 2022 yildagi "O‘zbekistonning eng yaxshi raqamli banki" deb topildi.

Oʻqish
Texnologiya · 07 март 2022

«Quyosh» geliomajmuasi yoki Parkentdagi texnologik mo‘jiza

Oʻqish
Madaniyat · 01 июн 2023

Neon, 3D va monoxrom: «Toshkent. Tarixiy optimizm arxirekturasi» ko'rgazmasi ochilishi qanday o'tdi?

Oʻqish
Yangiliklar · 08 июн 2023

TBC Bank yugurish uchun eksklyuziv merchni yaratdi

Oʻqish
Madaniyat · 18 январ 2023

4-maqola. Tadqiqot: XX-XXI asrga oid binolarda Oʼzbekiston arxitekturasi anʼanaviy elementlarining ishlatilishi

Oʻqish
Texnologiya · 01 март 2023

Neyrotarmoq odamlarning o'rnini bosa oladimi?

Oʻqish
Madaniyat · 16 январ 2023

3-maqola. Tadqiqot: XX-XXI asrga oid binolarda Oʼzbekiston arxitekturasi anʼanaviy elementlarining ishlatilishi

Oʻqish
Madaniyat · 27 феврал 2023

Eksperimental musiqa boʼyicha noodatiy festival qanday oʼtdi?

Oʻqish
Yangiliklar · 03 март 2023

Asosiy yutuqlar va yangi loyihalar: TBC Group OAV vakillari bilan press-branch o'tkazdi

Oʻqish
Texnologiya · 07 сентябр 2022

Bugungi kunda rivojlanib borayotgan 6 ta eng dolzarb texnologik yangilik

Oʻqish
Texnologiya · 10 апрел 2023

Blokcheyn qanday qilib hayotimizni yaxshilashi mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 17 феврал 2023

Madaniy dayjest: 17-23- fevral kunlari Toshkentda nima qilish mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 09 феврал 2022

Toshkentdagi yashirin haykaltaroshlik asarlari

Oʻqish
Madaniyat · 17 март 2023

Madaniy dayjest: 18-martdan 24-martgacha poytaxtda nima qilish mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 08 июн 2022

TBC Ornaments х Polya Pokatayeva: brendni boshqarishda individual yondashuv

Oʻqish
Texnologiya · 15 феврал 2022

Mirzo Ulug'bek nomidagi Astronomiya instituti tarixi

Oʻqish