0
13 июл 2022

Chek-list: onlayn-kredit olishdan oldin nimalarni bilish kerak?

Mazmuni
  • 1. Asosiy talablarga mos kelishingizni tekshirib koʻring
  • 2. Kredit tarixini bilib oling
  • 3. Toʻlov qobiliyatingizga baho bering
  • 4. Kredit miqdorini aniqlang
  • 5. Anketani toʻgʻri toʻldiring
  • 6. Shartnomani diqqat bilan oʻqib chiqing
  • 7. Kredit qayerda va qanday rasmiylashtiriladi?

Ijobiy kredit tarixingizni shakllantiring

 
 
 
 

Onlayn-kredit olishdan oldin nimalarni bilishimiz kerak? Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun nima qilish kerak?

 

Oxirgi yillarda banklar oʻzlarining mobil ilovalarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Masofadan turib foydalanish mumkin boʻlgan xizmat va mahsulotlar soni oshmoqda. Onlayn-kreditlar – shular jumlasidan. Odatda banklarda masofadan turib mikroqarzlarni rasmiylashtirish mumkin. Kamdan-kam holatlarda onlayn-formatda boshqa turdagi kreditlardan ham foydalanish mumkin.

 

Onlayn-mikroqarzlarni rasmiylashtirish juda qulay, pullarni buyurtma berilganidan keyin bir necha daqiqa ichida olish mumkin. Shuningdek, bunday kreditlar nisbatan yuqori foiz stavkalariga ega – yiliga oʻrtacha 27 dan 50 foizgacha.

 

Onlayn-kredit olish uchun mijozlardan bankka borish, ma’lumotnomalar yigʻish talab etilmaydi. Qarzni berish-bermaslikni dastur aniqlaydi va ushbu jarayonda inson faktori ishtirok etmaydi.

 

Keling, onlayn-kredit olishda nimalarga e’tibor berish va ijobiy natijaga erishish uchun nima qilish kerakligi haqida gaplashamiz. 

1. Asosiy talablarga mos kelishingizni tekshirib koʻring

1.    Yosh chegarasi – 22 yoshdan 58 yoshgacha (har bir bankda yoshga nisbatan talab turlicha boʻlishi mumkin).

 

2.    Oʻzbekiston fuqarosi boʻlish.

 

3.    Doimiy rasmiy ish joyiga ega boʻlish (uzluksiz ish tajribasi kredit turiga qarab 6-12 oydan kam boʻlmasligi kerak).

 

4.    Rasmiy maosh – kamida 500 ming soʻm.

 

5.    Agar kredit tarixi mavjud boʻlsa, unda muddati oʻtgan toʻlovlar boʻlmasligi kerak.

Dastlabki toʻrtta talabga qisqa muddatda ta’sir etish qiyin boʻlsa, kredit tarixini mustaqil ravishda yaratish mumkin.

2. Kredit tarixini bilib oling

Kredit tarixingiz haqida ma’lumot olish uchun kredit tarixlari byurosiga murojaat qiling. U yerdan ma’lumotlarni yiliga bir marta bepul olishingiz mumkin. Shuningdek www.infokredit.uz saytida, pul toʻlab, ushbu xizmatdan cheksiz foydalana olasiz.

 

Ijobiy kredit tarixingizni shakllantiring. Kredit tarixingiz qancha katta boʻlsa va oʻz vaqtida yopilgan kreditlaringiz soni qancha koʻp boʻlsa, bank siz haqingizda shuncha batafsil ma’lumotga ega boʻlib, toʻlash qobiliyatingizni baholay oladi.

3. Toʻlov qobiliyatingizga baho bering

Sizga kreditlar koʻp emasdek, yangi toʻlovga kuchingiz yetadigandek tuyulishi mumkin. Biroq bank barcha qarzlarni, shu jumladan siz kafil hisoblangan qarzdorliklarni ham inobatga oladi. Muhimi, kreditni toʻlash sizga qiyinchilik tugʻdirmasligi kerak. 

 

Yangi kreditni rasmiylashtirishdan avval oʻzingizning moliyaviy imkoniyatlaringizni tahlil qilib koʻring. Shuningdek, amaldagi qarzdorliklarni imkon darajasida yopib, kredit yukini yengillashtirish mumkin.

4. Kredit miqdorini aniqlang

Ba’zan siz olmoqchi boʻlgan summa ancha yirik boʻlishi mumkin. Hatto kredit muddati uzaytirilib, toʻlov miqdori minimumga tushirilgan taqdirda ham, sizning daromadingiz yetarli boʻlmasligi ehtimoli bor. Bunday holatda bank kamroq summani ma’qullaydi yoki rad javobini beradi.

 

Buyurtmanomada kredit summasini koʻrsating. Har oygi toʻlov daromadingizning 50 foizidan yuqori boʻlmasligi kerak. Agar sizning qoʻshimcha daromadingiz boʻlib, siz uni tasdiqlay olsangiz, bank buni albatta e’tiborga oladi.

5. Anketani toʻgʻri toʻldiring

Daromadingiz, ish faoliyatingiz va stajingiz toʻgʻrisida rost ma’lumotni taqdim eting. Bank ma’lumotlaringizning toʻgʻriligini tekshirishga va, agar zarurat tugʻilsa, tashqi manbalardan qoʻshimcha ma’lumot olishga haqli.

 

Hatto sizga kredit berish rad qilinsa ham, siz minimal talablarni bajarib, 30 kundan keyin yana buyurtma berishingiz mumkin.

6. Shartnomani diqqat bilan oʻqib chiqing

Kredit shartnomasi buyurtmangiz ma’qullanganidan keyin kreditni rasmiylashtirish bosqichida akseptlanadi. Shartnoma – bu mijoz va bank oʻrtasida imzolangan kredit olish toʻgʻrisidagi bitim. Ushbu hujjat bilan albatta tanishib chiqish kerak.

 

Shartnoma mavzusi, kreditning toʻliq summasi, toʻlash shartlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari, mulkiy javobgarligi, qarzni toʻlash tartibi va bahsli vaziyatlarni bartaraf qilish bandlariga alohida e’tibor bering.

7. Kredit qayerda va qanday rasmiylashtiriladi?

Kreditni rasmiylashtirish uchun shartlari (qarz turi, foiz stavkasi, summa va h.k.) sizga ma’qul kelgan bankning ilovasini telefoningizga yuklab olishingiz, soʻng uning mijoziga aylanishingiz – hisobvaraq ochib, kreditga buyurtma berishingiz kerak.

 

Siz kredit boʻyicha qarzingizni muddatidan oldin toʻlashingiz mumkin. Agar qarzingizni avvalroq qisman uzsangiz, foizlar faqat asosiy qarzning qolgan summasi ustiga qoʻyib hisoblanadi. Bu sizga foizlar boʻyicha toʻlovlar miqdorini kamaytirishingizga yordam beradi.

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 10 июл 2023

Depozit haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Oʻqish
Ta'lim · 28 феврал 2024

Sizga tovlamachi qoʼngʼiroq qilayotganini qanday bilish mumkin?

Oʻqish
Ta'lim · 18 декабр 2023

Depozit o'zi nima: TBC Bank bilan kafolatli daromad

Oʻqish
Madaniyat · 05 декабр 2022

Tadqiqot: 20-21-asr binolarida Oʻzbekiston meʼmorchiligining anʼanaviy elementlaridan foydalanish

Oʻqish
Ta'lim · 06 апрел 2023

Qo'llanma: oila byudjeti qanday rejalashtiriladi?

Oʻqish
Yangiliklar · 04 апрел 2023

TBC Bank Uzbekistan aksionerlardan qo'shimcha 28,1 mln dollar sarmoya jalb qildi

Oʻqish
Madaniyat · 27 март 2023

O'tmishdagi kinorejissyorlar. Bilishimiz shart bo'lgan nomlar

Oʻqish
Madaniyat · 17 апрел 2023

Qizil xonalar: Toshkentdagi fotolaboratoriyalar kim uchun va qanday ishlamoqda?

Oʻqish
Madaniyat · 20 октябр 2022

Qoʻqon yogʻoch oʻymakorligi maktabi

Oʻqish
Madaniyat · 12 январ 2023

2-maqola. Tadqiqot: 20-21-asr binolarida O'zbekiston me'morchiligining an'anaviy elementlaridan foydalanish

Oʻqish
Yangiliklar · 25 сентябр 2023

Toshkentda yangi TBC Talks loyihasi doirasida IMD va TBC Bank kompaniyasining eksklyuziv dasturi taqdim etildi

Oʻqish
Yangiliklar · 07 декабр 2022

World Economic Magazine ma’lumotlariga koʻra TBC Bank Uzbekistan 2022 yildagi "O‘zbekistonning eng yaxshi raqamli banki" deb topildi.

Oʻqish
Texnologiya · 07 март 2022

«Quyosh» geliomajmuasi yoki Parkentdagi texnologik mo‘jiza

Oʻqish
Madaniyat · 01 июн 2023

Neon, 3D va monoxrom: «Toshkent. Tarixiy optimizm arxirekturasi» ko'rgazmasi ochilishi qanday o'tdi?

Oʻqish
Yangiliklar · 08 июн 2023

TBC Bank yugurish uchun eksklyuziv merchni yaratdi

Oʻqish
Madaniyat · 18 январ 2023

4-maqola. Tadqiqot: XX-XXI asrga oid binolarda Oʼzbekiston arxitekturasi anʼanaviy elementlarining ishlatilishi

Oʻqish
Texnologiya · 01 март 2023

Neyrotarmoq odamlarning o'rnini bosa oladimi?

Oʻqish
Madaniyat · 16 январ 2023

3-maqola. Tadqiqot: XX-XXI asrga oid binolarda Oʼzbekiston arxitekturasi anʼanaviy elementlarining ishlatilishi

Oʻqish
Madaniyat · 27 феврал 2023

Eksperimental musiqa boʼyicha noodatiy festival qanday oʼtdi?

Oʻqish
Yangiliklar · 03 март 2023

Asosiy yutuqlar va yangi loyihalar: TBC Group OAV vakillari bilan press-branch o'tkazdi

Oʻqish
Texnologiya · 07 сентябр 2022

Bugungi kunda rivojlanib borayotgan 6 ta eng dolzarb texnologik yangilik

Oʻqish
Texnologiya · 10 апрел 2023

Blokcheyn qanday qilib hayotimizni yaxshilashi mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 17 феврал 2023

Madaniy dayjest: 17-23- fevral kunlari Toshkentda nima qilish mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 09 феврал 2022

Toshkentdagi yashirin haykaltaroshlik asarlari

Oʻqish
Madaniyat · 08 ноябр 2023

Integratsiyaning buyuk yo'li: fotograf Svetlana Balashova-Kuzmina o'zining O'zbekistonga sayohati va Integration nomli ko'rgazmasi haqida

Oʻqish
Madaniyat · 17 март 2023

Madaniy dayjest: 18-martdan 24-martgacha poytaxtda nima qilish mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 08 июн 2022

TBC Ornaments х Polya Pokatayeva: brendni boshqarishda individual yondashuv

Oʻqish
Texnologiya · 15 феврал 2022

Mirzo Ulug'bek nomidagi Astronomiya instituti tarixi

Oʻqish