0
28 феврал 2024

Sizga tovlamachi qoʼngʼiroq qilayotganini qanday bilish mumkin?

Telefon orqali tovlamachilik — tovlamachilikning eng ko'p tarqalgan usuli. 2023 yilda O'zbekiston fuqarolari telefon orqali tovlamachilik oqibatida 300 milliard so'mni boy berdilar — bu 24 million dollar degani. Bu jinoyat jabrdiydasiga aylanmaslik uchun ushbu maqolamizni o'qing. Biz tovlamachilar sizni aldash uchun qanday nayranglar ishlatishi va bu nayrangga uchmaslik yo'llari haqida so'zlab beramiz.

Tovlamachilikning qanday turlari bor?

Eng ko'p uchraydigan tovlamachilik sxemalarini ko’rib chiqamiz.

 

Qarindoshingiz ko'ngilsiz voqeaga uchradi

Telefonda hayajonli ovoz ukangiz/o'g'lingiz/xotiningiz/onangiz halokatga uchradi yoki jiddiy huquqbuzarlik qildi, deb xabar beradi. «Masalani tez va oqibatlarsiz hal qilish» uchun esa to'lov qilish kerak. Biroz vaqt o'tib, ayon bo'ladiki, qarindoshingiz bilan hammasi joyida, pulingizga esa tovlamachilar ega chiqishgan.

Ushbu turdagi firibgarlik keksa odamlarga kuchli ta'sir qiladi. Ularni qo'rqitish va nabirasi yoki o'g'lini saqlab qolish uchun pul o'tkazishga majbur qilish oson.

Bankdan qo'ng'iroq. O'zbekistondagi kiberjinoyatlarning 17 foizini “bankdan” qo'ng'iroqlar tashkil etadi. Rasmiy ovozning xabar berishicha, aynan hozir sizning kartangizdan pul yechib olishga harakat qilishmoqda. Pul o'g'irlanishining oldini olish uchun siz ma'lumotlarni tasdiqlashingiz: karta raqamini, amal qilish muddatini, kartaning orqa tomonidagi kodni va SMS-dan kodni taqdim etishingiz kerak. Agar siz barcha ma'lumotlarni taqdim qilsangiz, firibgarlar kartangizdagi barcha pullarni yechib olishadi.

 

Bu firibgarlik usuli yillar davomida mavjud, ammo odamlar hali ham unga aldanmoqda.

 

“Ishonchli hisob”ga o'tkazma

Sxema “bankdan” qo'ng'roq qilganidek. Qo'ng'iroq qilayotgan shaxs o'zini davlat xodimi deb tanishtiradi. U sizga firibgarlar to'dasini qo'lga olganliklarini va sizning hisobingizga hujum rejalashtirilganligini bilishganini aytishi mumkin. Pulni tejash uchun uni  ishonchli hisobga o'tkazish kerak. Albatta, tergov harakatlaridan keyin ularni qaytarib olib sharti bilan.

 

Noto'g'ri pul o'tkazmasi

 Hisobingizga pul tushgani haqida xabar olasiz va shu zahoti qo'ng'iroq qilishadi. Qo'ng'iroq qilgan odam sizga adashib pulni sizga yuborganini aytadi va uni qaytarib yuborishingizni so'raydi. Siz pulni qaytarasiz, lekin ma'lum bo'lishicha, o'zingizning pulingizni o'tkazgan bo'lasiz.

 

Gap shundaki, firibgarlar sizning bank hisobingizdagi balansni tekshirmasligingizga umid qilib, yashirin telefon raqamidan pul o'tkazilgani haqida xabar yuborishadi. Ko'pincha bu ish beradi: odam o'zini noqulay his qiladi va pulni tezda qaytarishni xohlaydi. Shuning uchun u pul haqiqatan ham o'tkazildimi yoki yo'qligiga e'tibor bermaydi, shunchaki pulni qaytarib o'tkazadi.

 

Kreditni tasdiqlash yoki ma'lumotlarni tasdiqlash talabi bilan SMS

O'zbekistonda sodir bo'lgan kiberjinoyatlarning 34 foizi ana shunday holatga to'g'ri keladi. Firibgarlar bank nomidan SMS-xabar jo'natadi. Sizga kredit berish ma'qullangani haqida xabarda zaym miqdori oshirilganligi yoki havola orqali ma'lumotni yangilash talabi mavjud bo'ladi.

 

Havola bankning soxta veb-saytiga olib boradi. Agar siz ushbu saytda karta raqamingiz va CVV-kodingizni kiritsangiz, firibgarlar undan barcha pullarni yechib olishadi.

Nurshod Bahromov, TBC Bankning xavf-xatarlar bo'yicha bosh mutaxassisi

 

Firibgarlar karta ma'lumotlarini olganlaridan keyin ular uni to'lov ilovalariga ulashadi va pulni yechib olish uchun tranzit karta sifatida foydalanishlari mumkin. Bunday holda, siz beixtiyor firibgarlarning sherigiga aylanasiz, chunki o'g'irlangan yoki firibgarlik yo'li bilan olingan pul sizning kartangizga tushadi va undan chiqarib olinadi. Shuning uchun, agar siz firibgarlarga karta ma'lumotlarini taqdim etgan bo'lsangiz yoki karta ma'lumotlari buzilganligi haqida kichik bo'lsa-da shubhangiz bo'lsa, darhol bankka qo'ng'iroq qiling va kartangizni bloklang.

 

OLX va boshqa platformalarda to'lovga havola.

Siz OLXda mahsulot sotyapsiz va sotib olishga tayyor bo'lgan xaridor sizga xat yozadi. U buyum uchun onlayn to'lov orqali to'laganini va sizga tasdiqlash havolasini yuborganini aytadi. Yoki u yetkazib berish xizmati orqali tovarlarni yuborishni so'rashi, masalan, BTC Pochta va ro'yxatdan o'tish uchun havolani yuborishi mumkin. Havolaning o'zi firibgarlikdir. Havola bo’yicha veb-saytda ro'yxatdan o'tishingiz va karta raqamingiz, uning amal qilish muddatini, CVV-kodini va SMS dan bir martalik parolni kiritishingiz kerak bo'ladi. Agar shunday qilsangiz, firibgarlar sizning kartangizdagi barcha pullaringizni yechib olishadi.

Ko’pincha “xaridorlar” platformaning veb-saytida emas, balki messenjerda, masalan, Telegramda yozishadi. Agar siz messenjerda xaridordan xabar olsangiz, bu firibgar bo'lish ehtimoli katta.

Bu telefon va Internet-firibgarlikning eng mashhur sxemalari. Boshqalari ham bor — ular haqida keyingi safar aytib beramiz.

Telefonda firibgarni qanday aniqlash mumkin

Suhbatda firibgarlar psixologik hiyla-nayranglardan foydalanadilar. Mana, firibgar sizga qo'ng'iroq qilayotganini darhol tushunishingiz mumkin bo'lgan bir nechta belgilar — “bank”, “politsiya”, “radio” yoki boshqa joydanmiz deyishadi.

 

🙄Ular sizga o'ylash uchun vaqt berishmaydi

Firibgar uchun asosiy narsa sizni o'ylashga yo'l qo'ymaslikdir. Shuning uchun u tez gapiradi va tez-tez “shoshilinch”, “zudlik bilan”, “hozir”, “aks holda pul yo'qotasiz” so'zlarini ishlatadi. Inson vahima ichida qolsa, uni “ishonchli” hisob raqamiga pul o'tkazishga ishontirish yoki unga SMS-kodni ayttirish, masalan, kredit arizasini bekor qildirish osonroq.

 

🤬Tahdid qilishadi

Agar “hukumat amaldori” sizga qo'ng'iroq qilsa, u hamkorlik qilishni talab qiladi va rad etsangiz qamoq yoki katta miqdorda jarima bilan tahdid qiladi. U sizning qarindoshlaringiz yoki do'stlaringiz bilan maslahatlashishingizga ruxsat bermaydi, chunki bu “maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilish” bo'ladi.

 

👊Ular bank sizga qarshi ekanligini singdirishadi

Bankda shubhali operatsiyalarni kuzatish va ularni taqiqlash imkonini beruvchi texnologiyalar mavjud. Odatda, bank xodimlari mijozga qo'ng'iroq qilib, firibgarlar ta'sirida pulni yechmayaptimi deb aniqlashtiradi. Masalan, TBC UZda mijozning tashqi bosimsiz mustaqil qaror qabul qilishiga ishonch hosil qilish uchun shunday qilishadi.

Firibgarlar bankka qo'ng'iroq qilishingiz va ma'lumot olishingizga hojat yo'q, shuning uchun ular sizni “bank jinoyatchilar bilan til biriktirgan” deb  ishontirishadi. Yoki bank xodimiga “hech kim bilan gaplashmagansiz va qarorni shaxsan o'zingiz qabul qilgansiz” deb javob berishingizni talab qilishi mumkin. Agar siz bunday so'zlarni eshitsangiz, u, albatta, firibgar bo'ladi va gapirishni to'xtatganingiz ma'qul...

 

🙏Ular SMS kodlar, kartalaringiz yoki sizning shaxsiy kabinetingiz parollarini so'rashadi

Bank, politsiya yoki boshqa tashkilotning haqiqiy xodimi hech qachon sizdan kod so'ramaydi. Qonunga ko'ra, uning bunday qilishga haqqi yo'q, aks holda ishdan bo'shatiladi va jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Nima bo'lganda ham, agar nimadir shubhali ekanligini his qilsangiz, darhol qo'ng'iroqni o'chiring. Bankingizga yoki politsiyaga qo'ng'iroq qiling — agar ularning vakillari haqiqatan ham qo'ng'iroq qilgan bo'lsa, buni tasdiqlashadi. Ammo, katta ehtimol bilan siz telefon firibgarlarining qurboniga aylangan bo'lasiz.

Suhbatda firibgar sizga tanaffus qilishga va telefonni o'chirishga imkon bermaydi. Bu holda bir daqiqaga tinglashni to'xtating — telefonni stol ustiga qo'ying va bir necha qadam nariga boring, qo'lingizni telefon bilan pastga tushiring va bir necha marta chuqur nafas oling va chiqaring. Bu sizni biroz tinchlantirishga hamda Internet va telefondagi firibgarlik haqida o’qigan yoki eshitgan narsalarni eslab olishga yordam beradi.

 

Pulingizni qaytarish uchun nima qila olasiz?

Bank mijozning tranzatsiyalarini kuzatib boradi va agar eng kichik shubha tug'ilsa, hisobni vaqtincha bloklaydi va aniqlashtirish uchun mijozga qo'ng'iroq qiladi. Ammo o'z ixtiyoringiz bilan boshqa hisob raqamiga pul o'tkazyapsizmi yoki majburan o'tkazyapsizmi, buni bilish qiyin. Agar siz allaqachon firibgarlarga pul o'tkazgan bo'lsangiz, darhol bankning ishonch telefoniga qo'ngviroq qiling yoki ilova chatida yoki veb-saytda qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling. Ular sizga qanday yo'l tutishingiz kerakligini aytishadi.

 

Bank tergovda, masalan, hisob va kartalarni o'z vaqtida blokirovka qilishda yordam berishi mumkin, lekin pulni qaytarish bilan bog'liq barchasi politsiyaning ishi. Shuning uchun, firibgarlarga o'tkazgan pulingiz kichik hajmda bo'lsa ham va tergovga vaqt sarflamoqchi bo'lmasangiz ham, albatta huquqni muhofaza qilish organlariga ariza yozing. Buni shaxsan militsiya bo'limida yoki в IIV saytida elektron shaklda amalga oshirish mumkin.

 

Аrizada vaziyatni batafsil tasvirlab bering, yozishmalar skrinshotlarini, suhbatning yozuvini (agar mavjud bo'lsa), soxta veb-saytning skrinshotlarini, bank ko'chirmalarini — to'plashingiz mumkin bo'lgan barcha ma'lumotlarni ilova qiling. Bu vaziyatni tezda aniqlashtirish va firibgarlarni topishga yordam beradi.

 

Banklar doimiy ravishda o'zlarining xavfsizlik tizimini takomillashtirmoqda, banklarning soxta veb-saytlari va firibgarlar tomonidan yaratilgan to'lov tizimlarini blokirovka qilmoqdalar va firibgarlik stsenariylarini kuzatib boradilar. Agar foydalanuvchining harakatlari ushbu stsenariyga to'g'ri kelsa, bank vaziyat aniqlanmaguncha kartani bloklaydi. Banklarda, shuningdek, firibgarlar ishlaydigan IP-manzillar va brauzerlarning qora ro'yxati mavjud — ularni ham darhol bloklashadi.

 

Firibgarlar qurboniga aylanmaslik uchun ushbu oddiy qoidalarni eslab qoling va ular haqida keksa qarindoshlaringizga aytib bering:

 

1. SMS dan kelgan kodlarni hech kimga aytmang — bank hech qachon SMS-kodni so'ramaydi.

 

2. Boshqa hisob raqamlariga pul o'tkazmang — bank hech qachon “xavfsiz” hisob raqamiga pul o'tkazishingizni so'ramaydi. Barcha haqiqiy bank hisoblari allaqachon xavfsiz.

 

3. Muammoga duch kelgan qarindoshingiz yuzasidan qo'ng'iroq qilsalar, go’shakni qo'ying va qarindoshingizga o'zingiz qo'ng'iroq qiling.

 

4. Har qanday shubhangiz bo'lsa, telefonni qo'ying va bankka qo'ng'iroq qiling.

 

Yaqinlaringiz haqida qayg'uring va ularni himoya qiling!

 

Biz telefon ekranida zastavka sifatida aks ettirish yoki, agar yaqinlaringiz smartfon ishlatmasalar, chop etish va uyda ko'rinarli joyga ilib qo'yish mumkin bo'lgan maxsus eslatmalar hozirladik. Mos keladigan zastavkani yuklab oling va, ehtimol u sizning onangiz, buvingiz, otangiz yoki buvangizni himoyalashga yordam berar. Qulay bo'lsin uchun biz ularni rus tilida va lotin hamda kirill alifbosidagi o'zbek tilida tayyorladik.

Мама.уз
Папа уз
Бабушка уз
1 Фото
Мамочка
Папочка
Бабушка
1 Фото
mama uz
papa uz
baba uz
1 Фото

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 10 июл 2023

Depozit haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Oʻqish
Ta'lim · 18 декабр 2023

Depozit o'zi nima: TBC Bank bilan kafolatli daromad

Oʻqish
Madaniyat · 05 декабр 2022

Tadqiqot: 20-21-asr binolarida Oʻzbekiston meʼmorchiligining anʼanaviy elementlaridan foydalanish

Oʻqish
Ta'lim · 06 апрел 2023

Qo'llanma: oila byudjeti qanday rejalashtiriladi?

Oʻqish
Ta'lim · 13 июл 2022

Chek-list: onlayn-kredit olishdan oldin nimalarni bilish kerak?

Oʻqish
Yangiliklar · 04 апрел 2023

TBC Bank Uzbekistan aksionerlardan qo'shimcha 28,1 mln dollar sarmoya jalb qildi

Oʻqish
Madaniyat · 27 март 2023

O'tmishdagi kinorejissyorlar. Bilishimiz shart bo'lgan nomlar

Oʻqish
Madaniyat · 17 апрел 2023

Qizil xonalar: Toshkentdagi fotolaboratoriyalar kim uchun va qanday ishlamoqda?

Oʻqish
Madaniyat · 20 октябр 2022

Qoʻqon yogʻoch oʻymakorligi maktabi

Oʻqish
Madaniyat · 12 январ 2023

2-maqola. Tadqiqot: 20-21-asr binolarida O'zbekiston me'morchiligining an'anaviy elementlaridan foydalanish

Oʻqish
Yangiliklar · 25 сентябр 2023

Toshkentda yangi TBC Talks loyihasi doirasida IMD va TBC Bank kompaniyasining eksklyuziv dasturi taqdim etildi

Oʻqish
Yangiliklar · 07 декабр 2022

World Economic Magazine ma’lumotlariga koʻra TBC Bank Uzbekistan 2022 yildagi "O‘zbekistonning eng yaxshi raqamli banki" deb topildi.

Oʻqish
Texnologiya · 07 март 2022

«Quyosh» geliomajmuasi yoki Parkentdagi texnologik mo‘jiza

Oʻqish
Madaniyat · 01 июн 2023

Neon, 3D va monoxrom: «Toshkent. Tarixiy optimizm arxirekturasi» ko'rgazmasi ochilishi qanday o'tdi?

Oʻqish
Yangiliklar · 08 июн 2023

TBC Bank yugurish uchun eksklyuziv merchni yaratdi

Oʻqish
Madaniyat · 18 январ 2023

4-maqola. Tadqiqot: XX-XXI asrga oid binolarda Oʼzbekiston arxitekturasi anʼanaviy elementlarining ishlatilishi

Oʻqish
Texnologiya · 01 март 2023

Neyrotarmoq odamlarning o'rnini bosa oladimi?

Oʻqish
Madaniyat · 16 январ 2023

3-maqola. Tadqiqot: XX-XXI asrga oid binolarda Oʼzbekiston arxitekturasi anʼanaviy elementlarining ishlatilishi

Oʻqish
Madaniyat · 27 феврал 2023

Eksperimental musiqa boʼyicha noodatiy festival qanday oʼtdi?

Oʻqish
Yangiliklar · 03 март 2023

Asosiy yutuqlar va yangi loyihalar: TBC Group OAV vakillari bilan press-branch o'tkazdi

Oʻqish
Texnologiya · 07 сентябр 2022

Bugungi kunda rivojlanib borayotgan 6 ta eng dolzarb texnologik yangilik

Oʻqish
Texnologiya · 10 апрел 2023

Blokcheyn qanday qilib hayotimizni yaxshilashi mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 17 феврал 2023

Madaniy dayjest: 17-23- fevral kunlari Toshkentda nima qilish mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 09 феврал 2022

Toshkentdagi yashirin haykaltaroshlik asarlari

Oʻqish
Madaniyat · 08 ноябр 2023

Integratsiyaning buyuk yo'li: fotograf Svetlana Balashova-Kuzmina o'zining O'zbekistonga sayohati va Integration nomli ko'rgazmasi haqida

Oʻqish
Madaniyat · 17 март 2023

Madaniy dayjest: 18-martdan 24-martgacha poytaxtda nima qilish mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 08 июн 2022

TBC Ornaments х Polya Pokatayeva: brendni boshqarishda individual yondashuv

Oʻqish
Texnologiya · 15 феврал 2022

Mirzo Ulug'bek nomidagi Astronomiya instituti tarixi

Oʻqish