0
22 декабр 2021

Birinchi qahramon - Akmal Solihov

Mazmuni
  • Yutuqlari haqida
  • Oʻzbekiston rivojiga qoʻshgan hissasi haqida
  • Ijodiy orzular va ambitsiyalar
  • Oʻzbekiston va jahondagi trendlar haqida
  • Blis savol-javob:

Baxt - bu oqim! Siz yo oqimning ichidasiz yoki uning tashqarisida

Axborot texnologiyalari shunaqangi jadal surʼatlar bilan rivojlanib borayaptiki, biz har kuni koʻplab yangi atamalar bilan toʻqnash kelayapmiz, masalan IT-maslahatchi. Oʻzbekistondagi eng taniqli IT-maslahatchilardan biri – tadbirkor, virtual reallik sohasida muvaffaqiyatli startaplardan boʻlgan Vronica asoschisi Akmal Solihovdir.

akmal

Yutuqlari haqida

Mening aytishga arzigulik ilk yutugʻim – uzoq 2008-yilda amerikaning Magnatune leybli ostida oʻzimning musiqiy albomimni chiqarganim boʻlsa kerak. Hozir bu ishni uddalash juda oson, ammo Dialup internet 56 kb/s tezlikka ega boʻlgan oʻsha paytlarda bu anchayin mushkul edi. Buning uchun musiqam yozilgan kompakt-disklarni turli davlatlarga joʻnatishimga toʻgʻri kelgan.

 

Ikkinchi yutugʻim – qisqa vaqt ichida yarim million martacha yuklab olingan quvnoq va kulgili «Kuzmich» oʻyinini chiqarganim boʻldi. Bu hayotimdagi juda shiddatli davr boʻldi. Albatta mazkur oʻyin menga katta daromad keltirmadi, lek men juda qiziqarli tajriba orttirdim.

 

Nazarimda, hozirgacha erishgan yutuqlarimning oxirgisi bu – bir muddat avval kompaniyani yopishimga bir bahya qolib, mablagʻ faqat ofis ijarasi va xodimlar oyligiga toʻlashga arang yetib turgan bir paytda, oradan ikki yil oʻtib aylanmasi yiliga 1 mlrdga yetgan VRonica startapimizning yoʻlga qoʻyilgani boʻldi. Biz virtual reallik bozorida birinchilardan boʻldik va bir yil ichidayoq millionerga aylanamiz, deb oʻylagandik. Ammo boshida rivojlanish u yoqda tursin, biznesni bir maromda yurgazishning oʻzi ham oson boʻlmadi. Ammo biz buni uddaladik va endilikda oʻsish sari qadam tashlamoqdamiz

akmal

Oʻzbekiston rivojiga qoʻshgan hissasi haqida

Men yurtimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etaman. Oʻz biznesimni boshlashim oson kechmadi, ammo bu bosqichdan oʻtgach, men unikal tajriba orttirdim, natijada ancha yillardan buyon startaplar borasida maslahat berib kelmoqdaman. Ishni endi boshlayotganlarga tadbirkorlik madaniyatini oʻrgatish, biznesni yuritish boʻyicha gʻarbga xos boʻlgan yondoshuvini tushuntirishga, muhimi ularni yangi ishlari avvalida qimmatga tushadigan va ogʻriqli xatolardan himoya qilishga harakat qilaman. Har yili mamlakatimizdagi oʻnlab startap-tadbirlarda ishtirok etaman, 2020-yilda boʻlsa IT Park tomonidan «Yilning IT-eksperti» degan maqomga loyiq topildim.

 

2019-yilda Gyote instituti va IT Park bilan hamkorlikda oʻyinlarni ishlab chiqaruvchi yurtimizdagi ilk inkubatorga start berdik. Loyihaning birinchi mavsumidayoq biz kutganimizdan ancha koʻp ishtirokchilar roʻyxatdan oʻtdi – ularning soni 500 kishidan oshdi (men boʻlsam 200 kishi roʻyxatdan oʻtsa ham, bu – biz uchun yutuq, deb oʻylagandim), ikkinchi mavsumda boʻlsa ishtirokchilar soni 700 kishidan ortib ketdi. 2022-yil avvalida biz 3-mavsumni boshlaymiz. Inkubatordan koʻzlangan maqsad – yoshlarga maslakdoshlarini topib, ular bilan jamoalarga birlashgan holda oʻz oʻyinlarini (mobil yoki SHK uchun oʻyinlarni) yaratishlariga yordam berish. Oʻzbekistonda bu sohaga jiddiy eʼtibor qaratilmaydi, ammo men ishonamanki, Oʻzbekiston yoshlarining oʻyinlar ishlab chiqish sohasidagi salohiyatlari yuqori.

 

VR museum, soʻzsiz, biz pandemiya davrida yoʻlga qoʻygan eng muhim ijtimoiy loyihamizdir. Bu davrda dunyoning eng yirik muzeylari onlayn formatda oʻz eshiklarini tomoshabinlar uchun bepul ochdilar. Ammo bizning muzeylarimizning virtual turlari yoʻq edi. Kompaniyamiz qisqa muddat ichida poytaximizdagi deyarli barcha muzeylarni tasvirga olib, xohlovchilar uchun onlayn formatda 360 ta virtual tur ochdi.

Ijodiy orzular va ambitsiyalar

Menga bitta orzu kamlik qiladi, albatta!

 

Chuqur maʼnoga ega boʻlgan chiroyli oʻyin, hoynahoy Little Nightmares janridagi platformer yaratish;

 

Biz oʻyinlarda ishlatadigan barcha zamonaviy texnologiyalarni qoʻllagan holda Sci-fi janrida film olish;

 

Mobil oʻyinlarni chiqaruvchi Markaziy Osiyodagi eng yirik nashriyotni ochish va Oʻzbekistonning 1000 dan ziyod iqtidorli yoshlarini qiziqarli ish bilan taʼminlash

akmal

Oʻzbekiston va jahondagi trendlar haqida

Oʻzbekistondagi trendlar haqida koʻp ham oʻylab oʻtirmayman, zero birinchidan, men koʻproq xalqaro bozorni nishonga olganman. Ikkinchidan esa, bizning yurtimiz jahoning barcha trendlarini 3-5 yilga kechikib boʻlsada, albatta oʻzlashtiradi.

 

Hozirda butun jahonda geymifikatsiya trend boʻlmoqda: deyarli barcha yirik kompaniyalar, misol uchun banklar ham oʻz mahsulotlariga oʻyin elementlarini qoʻshishmoqda. B2B sektori uchun oʻyinlar va interaktiv loyihalarni ishlab chiqaruvchisi sifatida biz ayni shu yoʻnalishga diqqatimizni qaratishimiz maqsadga muvofiq boʻladi. Mobil qurilmalarnig navbatdagi revolyusiyasi ostonasida turibmiz: smartfonlarning oʻrniga wearables (taqib yurishga moʻljallangan uskunalar) kelmoqda, 3-5yildan soʻng biz smartfon koʻtarib yurish oʻrniga AR koʻzoynaklarni taqib yuramiz va yaqin 10-15-yil ichida Oʻzbekistonda ham VR/AR mahsulotlar yaratish tajribasiga ega boʻlganlarga talab yuqori boʻladi, deb oʻylayman.

 

Karantin hatto bizning odamlarimizni ham onlayn-taʼlimga jiddiy munosabatda boʻlishga oʻrgatdi. Shu kunlarda biz Telegram bot asosidagi oʻyinlarni ishlab chiqish boʻyicha onlayn-kurslar ochishni rejalashtirayapmiz. Bizga olib kelishadigan startaplarning aksariyati onlayn-taʼlim sohasidagi loyihalarga aloqador boʻladi va men buni toʻgʻri yoʻnalishda qoʻyilgan qadam, deb hisoblayman. Yurtimiz aholisi soni 35 millionga yetdi va barcha xohlovchilarni offlayn-formatda oʻqitish amrimahol.

 

Blis savol-javob:

Baxtning choʻqqisi nimada deb bilasiz?


Men baxtni toqqa qiyos qilmayman. Uning baland/past vertikal oʻqi mavjud emas. Baxt – bu oqim! Sen yo uning ichidasan yoki tashqarisida.

Bir necha omil birlashganda men oʻzimni bu oqimnnig qoq markazida his qilaman:

- Shaxsan menga zavq bagʻishlaydigan ish bilan mashgʻul boʻlganimda

- Har tomonlama munosib insonlar davrasida boʻlganimda

- Atrofdagilarga foydam tekkanida

 

«Baxtsizlik» siz uchun nima?


Bu oqimdan chiqish, biror tomonga ogʻib ketish. Masalan, moliyaviy jihatdan foydali boʻlgan bitimni deb, zerikarli loyiha ustida ishlashga rozi boʻlishim yoki ishga berilib ketib, yaqinlarim va doʻstlarim haqida unutishim.

 

Insonlarda hammasidan ham koʻproq qay fazilatni qadrlaysiz?


Intilishni. Bu hayotda biror nimaga intilib yashaydigan insonlar bilan muloqot qilish va yelkama-elka ishlash juda maroqli. Bu meni ham yangi choʻqqilarni zabt etishga ilhomlantiradi.

 

Insonlar feʼlidagi eng yoqtirmagan kamchiligingiz qaysi?


Takabburlik. Insonni manman ekanini sezib qolsam, bu bizning hamkorlikdagi soʻnggi ishimiz boʻladi. Mazkur inson ish izlab kelganmi yoki yirik sarmoyachimi, buning zarracha ahamiyati yoʻq. Manfaatli muloqot oʻzaro hurmatga asoslangan boʻladi. Kibrli kishi boʻlsa darrov oʻzini baland oladi, biz u bilan turli darajada boʻlib qolamiz, qarabsizki hurmat uchun biror asos qolmaydi.

 

Qachon va qayerda siz har qachongidanda baxtiyor boʻlgansiz?


Omadim chopgan deb ayta olaman, zero men anchadan buyon oqimning ichidaman. Hayotda balansni tutib turishim oldingidan ancha yengillashdi, chamamda.

 

Yer yuzida yashab oʻtgan istalgan inson bilan muloqot qilish imkoniyati boʻlganida, siz kimni tanlagan boʻlardingiz?


Hoynahoy Stiv Djobsni. Balki suhbatimiz uchun koʻplab umumiy mavzular topilgan boʻlarmidi. Masalan, nega Apple kompaniyasi iOS ilovalar ishlab chiqaruvchilarga nisbatan bunday xunuk munosabatda boʻladi. Yoki boʻlmasam – Toni Skott, men bu ijodkor filmlarining muxlisiman. Nega u hayot bilan vidolashishga qaror qilganini va bu mudhish kunga qadar qanday filmlar gʻoyasi uning xayolini oʻgʻirlaganini bilishni istardim.

 

Ijodda sizning eng muhim ambitsiyangiz?


Men 10-yildan buyon film tasvirga tushirish gʻoyasi bilan yonayapman. Bu sanoatga yaqinman, ammo hozircha mazkur gʻoyamni amalga oshira olganimcha yoʻq. Nega? Chunki bu filmdan qanday qilib pu l ishlashni hali tushunganimcha yoʻq. Filmga xobbiga vaqt ajratgandek vaqt topishni istamasdim, zero bunda sifatli mahsulot chiqarishim qiyin boʻladi. Qizigʻi, aynan kino bois men oʻyinlar va 3D-texnogiyalar sanoatiga kirib kelganman. Bu sifatli Sci-fi filmini yaratishimga yordam beradi, deb oʻylaganman.

Qanday film olishni istardim? Hujjatli, badiiy yoki interaktiv film-oʻyin tasvirga tushirishni. Ilmiy fantastika janrida sanab oʻtganlarimdan istalgani menga maʼqul kelgan boʻlardi.

 

Siz bilan vidolashuv marosimiga kelganlar siz haqingizda nima deyishlarini xohlagan boʻlardingiz?


Bu haqda oʻylab koʻrmagan ekanman. Oʻsha kuni yigʻiladiganlarning men haqimda aytadigan gaplari topiladi, deb umid qilaman.

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 10 июл 2023

Depozit haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Oʻqish
Ta'lim · 28 феврал 2024

Sizga tovlamachi qoʼngʼiroq qilayotganini qanday bilish mumkin?

Oʻqish
Ta'lim · 18 декабр 2023

Depozit o'zi nima: TBC Bank bilan kafolatli daromad

Oʻqish
Madaniyat · 05 декабр 2022

Tadqiqot: 20-21-asr binolarida Oʻzbekiston meʼmorchiligining anʼanaviy elementlaridan foydalanish

Oʻqish
Ta'lim · 06 апрел 2023

Qo'llanma: oila byudjeti qanday rejalashtiriladi?

Oʻqish
Ta'lim · 13 июл 2022

Chek-list: onlayn-kredit olishdan oldin nimalarni bilish kerak?

Oʻqish
Yangiliklar · 04 апрел 2023

TBC Bank Uzbekistan aksionerlardan qo'shimcha 28,1 mln dollar sarmoya jalb qildi

Oʻqish
Madaniyat · 27 март 2023

O'tmishdagi kinorejissyorlar. Bilishimiz shart bo'lgan nomlar

Oʻqish
Madaniyat · 17 апрел 2023

Qizil xonalar: Toshkentdagi fotolaboratoriyalar kim uchun va qanday ishlamoqda?

Oʻqish
Madaniyat · 20 октябр 2022

Qoʻqon yogʻoch oʻymakorligi maktabi

Oʻqish
Madaniyat · 12 январ 2023

2-maqola. Tadqiqot: 20-21-asr binolarida O'zbekiston me'morchiligining an'anaviy elementlaridan foydalanish

Oʻqish
Yangiliklar · 25 сентябр 2023

Toshkentda yangi TBC Talks loyihasi doirasida IMD va TBC Bank kompaniyasining eksklyuziv dasturi taqdim etildi

Oʻqish
Yangiliklar · 07 декабр 2022

World Economic Magazine ma’lumotlariga koʻra TBC Bank Uzbekistan 2022 yildagi "O‘zbekistonning eng yaxshi raqamli banki" deb topildi.

Oʻqish
Texnologiya · 07 март 2022

«Quyosh» geliomajmuasi yoki Parkentdagi texnologik mo‘jiza

Oʻqish
Madaniyat · 01 июн 2023

Neon, 3D va monoxrom: «Toshkent. Tarixiy optimizm arxirekturasi» ko'rgazmasi ochilishi qanday o'tdi?

Oʻqish
Yangiliklar · 08 июн 2023

TBC Bank yugurish uchun eksklyuziv merchni yaratdi

Oʻqish
Madaniyat · 18 январ 2023

4-maqola. Tadqiqot: XX-XXI asrga oid binolarda Oʼzbekiston arxitekturasi anʼanaviy elementlarining ishlatilishi

Oʻqish
Texnologiya · 01 март 2023

Neyrotarmoq odamlarning o'rnini bosa oladimi?

Oʻqish
Madaniyat · 16 январ 2023

3-maqola. Tadqiqot: XX-XXI asrga oid binolarda Oʼzbekiston arxitekturasi anʼanaviy elementlarining ishlatilishi

Oʻqish
Madaniyat · 27 феврал 2023

Eksperimental musiqa boʼyicha noodatiy festival qanday oʼtdi?

Oʻqish
Yangiliklar · 03 март 2023

Asosiy yutuqlar va yangi loyihalar: TBC Group OAV vakillari bilan press-branch o'tkazdi

Oʻqish
Texnologiya · 07 сентябр 2022

Bugungi kunda rivojlanib borayotgan 6 ta eng dolzarb texnologik yangilik

Oʻqish
Texnologiya · 10 апрел 2023

Blokcheyn qanday qilib hayotimizni yaxshilashi mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 17 феврал 2023

Madaniy dayjest: 17-23- fevral kunlari Toshkentda nima qilish mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 09 феврал 2022

Toshkentdagi yashirin haykaltaroshlik asarlari

Oʻqish
Madaniyat · 08 ноябр 2023

Integratsiyaning buyuk yo'li: fotograf Svetlana Balashova-Kuzmina o'zining O'zbekistonga sayohati va Integration nomli ko'rgazmasi haqida

Oʻqish
Madaniyat · 17 март 2023

Madaniy dayjest: 18-martdan 24-martgacha poytaxtda nima qilish mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 08 июн 2022

TBC Ornaments х Polya Pokatayeva: brendni boshqarishda individual yondashuv

Oʻqish