0
22 декабр 2021

Qahramonlar hikoyasi - 005 - Mohira Mullajonova

Mazmuni
  • Yutuqlari haqida
  • Sanʼat tarixida qoldirgan izi
  • Eng katta orzu yoki ambitsiyasi
  • Asosiy trend
  • Ilhom
  • Ijodda muvaffaqiyat qozonishining asosiy siri
  • Blis savol-javob:

Uslubim ustida ishladim, oʻzimni izladim. Oʻzimda katta ishlarni bajarishga yetgulik qudratni sezdim va uni tezroq amalda qoʻllagim keldi

 
 

Mohira – soʻnggi ikki yil ichida ancha tanilishga ulgurgan yosh musavvir. Uning ijodiga “romantik” deya taʼrif berib, koʻrgazmalarda taniqli rassomlar bilan birga ishtirok etishga taklif qilishadi. Mohira shahardagi shoʻrolar davrida qurilgan va baquvvatligi hamda estetikasi bilan ruhlantiruvchi inshootlarni oʻz ijodi uchun bosh mavzu qilib tanlagan.

 

 

mohira

Yutuqlari haqida

«Rassom sifatida ijodiy yoʻlimni 2019-yilda, karantin boshlanishidan bir yil avval boshladim. Uslubim ustida ishladim, oʻzimni izladim. Karantin barchaga birdek ziyon yetkazdi. Rassomlar tadbirlarda, koʻrgazmalarda, festivallarda qatnashish imkoniyatidan mahrum boʻldilar, ammo yangiliklarni sinab koʻrib, tajriba oʻtkazish va ijod qilish uchun vaqt paydo boʻldi. Bu vaqt ichida men rassom sifatida ancha oʻsdim. Oʻzimda katta ishlarni bajarishga yetgulik qudratni sezdim va uni tezroq amalda qoʻllagim keldi. Va bunday imkoniyat menga 2021-yilda berildi. Men koʻrgazmalarda, maktablar faoliyati va tanlovlarda faol qatnasha boshladim.

 

Bu yil Bonum Factum galereyasida ilk shaxsiy koʻrgazmam boʻlib oʻtganidan faxrlanaman. Undan soʻng New Olds – “Yangilik va oʻtmish uchrashuvi” deya nomlangan xalqaro koʻrgazmada ishlarimni namoyish etishga chaqirishdi. Bu koʻrgazma nafaqat Oʻzbekiston ijodkorlarini, balki Yevropa dizaynerlarini ham jamuljam qildi. Borgan sari bunday takliflar koʻpaydi. Meni mahalliy va xalqaro koʻrgazmalar hamda festivallarga tez-tez chaqiradigan boʻlishdi. Ulardan soʻnggisi – “48 soat” festivali boʻldi. Ilgari bu festival Germaniyada, Rossiyada oʻtkazilardi, bu yil ilk marotaba Oʻzbekistonda boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda koʻplab eʼtibor qozongan rassomlar, fotosuratchilar bilan tanishdim va katta tajriba orttirdim».

Sanʼat tarixida qoldirgan izi

Yoʻlimning eng avvalida oʻzim haqimda bunday balandparvoz gaplarni ayta olmayman. Men oʻzimni shoʻrolar davriga xos boʻlgan binolar tasviri orqali oʻsha davr atmosferasini ochib beruvchi rassom deb bilaman. Bu binolardagi keng va yorugʻ xonalarni shiftlari balandligi, gʻishtdan qurilgan mustahkam devorlari, basavlat fasadi uchun ham yaxshi koʻraman. Baʼzan bu uylarning kirish yoʻlaklariga moʻralayman. Zero fasad bu uyning muqovasi boʻlsa, kirish yoʻlagi – uyning atmosferasini, hidini, devorlar rangi, yoritilishi qanday ekanini his qilish mumkin boʻlgan yuragidir.

 

Mamlakat tarixida maʼlum bir davrni aks ettiruvchi inshootlar kamayib borayotganidan xavotirdaman. Shahar obod etilmoqda, uning konsepsiyasi oʻzgarib bormoqda. Toshkentdagi imoratlar oʻziga xosligini va atmosferasini yoʻqotib bormoqda. Biz bu binolarni boy berib qoʻyayotgandekmiz goʻyo. Va men bu inshootlarni juda boʻlmaganda polotnoda tarixga muhrlashni istadim, toki yosh avlod ham bu rasmlarni tomosha qilib oʻsha binolar jozibasidan bahramand boʻlsin.

 

Umuman olib qaraganda, men Oʻzbekiston xalqi boy tariximizni, betakror arxitekturamizni qabul qilishini, bu merosni avaylab, ardoqlashlarini istardim. Ha, qachonlardir biz Rossiya imperiyasining, keyin Sovet ittifoqining bir boʻlagi edik. Har bir davr zaminda oʻz izini qoldiradi. Bu davrlardan hikoya qiluvchi binolarni biz keyingi avlodlar uchun va jahoning turli burchaklaridan tashrif buyuruvchilar uchun asrashimiz kerak.

Eng katta orzu yoki ambitsiyasi

Mening eng katta orzuim – dastlab muvaffaqiyatli rassom, ana undan keyin murabbiy maqomiga erishish. Men ijodini endi boshlayotgan rassomlarga yordam berish – grantlarni moliyalashtirish, nafaqat yurtimizda, balki xorijda ham koʻrgazmalarni tashkil etish uchun maʼlum poydevor yaratishni istayman. Rassom uchun makonni anglash, boshqa davlatlarga borish, dunyoni koʻrish va tushunish juda muhim. Men Gyote Instituti va Shveysariya byurosi qilayotgan ishlar bilan shugʻullanishni xohlardim. Ijodkorlarimiz butun dunyoda tanilishlarini istardim.

 

 

Asosiy trend

Hozirda men ajoyib tendensiyani koʻrayapman: 18 dan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar mamlakatimiz tarixi, madaniyatimiz bilan qiziqishmoqda. Uni zoʻr berib oʻrganishmoqda va bu ularning ijodlarida oʻz aksini topmoqda.

 

Bu ketishda sanʼatda hech nima sof holida qolmasligini koʻrayapman. Oʻziga xos qorishish, sintez ketmoqda. Odamlar doim turli manbalar, turli narsalardan ilhomlanishmoqda va turli uslublaru formatlarni uygʻunlashtirishmoqda. Menimcha, oxir-oqibat hammasi bir-biriga qorishib, bir butunlikni hosil qiladi.

 

Ilhom

Men dastlab fazodan, tabiatning uygʻonishi, daraxtlar gullashidan ilhomlanardim. Endi boʻlsa arxitektura mavzusiga oʻtdim. Ishlarimning “meʼmorchilik seriya”si oilamning uch avlodi, xususan men va singlim yashab kelayotgan S1 dagi 22 uy portretini chizishdan boshlangan. Uyimiz juda oʻziga xos boʻlib, har biriga 22 raqami berilgan 3 blokdan iborat. Natijada bu bloklar orasida qora darvozalari choʻyandan ishlangan, har tomondan oʻralgan, xavfsiz hovli hosil boʻlgan. Barcha qoʻshnilar bir-birini yaxshi taniydi va juda ahil.

 

Badiiy yoʻnalishlarga kelsak, meni koʻproq abstraksiya oʻziga tortadi. Hozir eksperimentga qoʻl urib, qobiliyatlarimni video-art janrida sinab koʻrmoqchiman. Oxirgi paytda prodakshen va film yaratishga juda qiziqayapman.

Ijodda muvaffaqiyat qozonishining asosiy siri

Qoʻrquvni yengib oʻtish. Rassomchilikka oʻqiganmi, oʻqimaganmi – buning katta ahamiyati yoʻq. Muhimi – oʻziga erk berish, ichki oqimni his qilish. Ijod qilishga ishtiyoq kuchlimi, qoʻrqmasdan boshlash kerak, yangiliklar uchun doim ochiq boʻlish va eksprimentlardan qochmaslik kerak. Ana shunda, menimcha, har bir ijodkor oʻz mavzusini va ijodining maʼno-mazmunini topadi.

 

Blis savol-javob:

Baxtning choʻqqisi nimada deb bilasiz?


Oʻzim va butun Borliq bilan batamom muvozanatda boʻlishda.

 

“Baxtsizlik” siz uchun nima?

Oʻzimga va oʻz “tabiatimga” qarshi borishda.

 

Insonlarda hammasidan ham koʻproq qay fazilatni qadrlaysiz?


Mehribonlikni.

 

Insonlar feʼlidagi eng yoqtirmagan kamchiligingiz qaysi?


Soʻzlar va amallar bir-biriga mos tushmasligini.

 

Qachon va qayerda siz har qachongidanda baxtiyor boʻlgansiz?


Men sevimli qoʻshiq sadolari ostida ijod qilayotgan damlarim doim baxtiyorman.

 

Yer yuzida yashab oʻtgan istalgan inson bilan muloqot qilish imkoniyati boʻlganida, siz kimni tanlagan boʻlardingiz?


Hozir oramizda yoʻq boʻlgan Salima buvijonimni.

 

Ijodda sizning eng muhim ambitsiyangiz?


Ijodkorlarga oʻz salohiyatlarini namoyon qilishlari uchun imkoniyat yaratish. Qiziqarli loyihlarga homiylik qilish va jahon boʻylab Oʻzbekiston madaniyatini tanitish.

 

Siz bilan vidolashuv marosimiga kelganlar siz haqingizda nima deyishlarini xohlagan boʻlardingiz?

Balki men ularga yetkazgan ozorlarim uchun kechirishlarini istardim. Meni narigi dunyoga shunchaki “qoʻyib yuborishlarini” xohlardim.

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 10 июл 2023

Depozit haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Oʻqish
Ta'lim · 28 феврал 2024

Sizga tovlamachi qoʼngʼiroq qilayotganini qanday bilish mumkin?

Oʻqish
Ta'lim · 18 декабр 2023

Depozit o'zi nima: TBC Bank bilan kafolatli daromad

Oʻqish
Madaniyat · 05 декабр 2022

Tadqiqot: 20-21-asr binolarida Oʻzbekiston meʼmorchiligining anʼanaviy elementlaridan foydalanish

Oʻqish
Ta'lim · 06 апрел 2023

Qo'llanma: oila byudjeti qanday rejalashtiriladi?

Oʻqish
Ta'lim · 13 июл 2022

Chek-list: onlayn-kredit olishdan oldin nimalarni bilish kerak?

Oʻqish
Yangiliklar · 04 апрел 2023

TBC Bank Uzbekistan aksionerlardan qo'shimcha 28,1 mln dollar sarmoya jalb qildi

Oʻqish
Madaniyat · 27 март 2023

O'tmishdagi kinorejissyorlar. Bilishimiz shart bo'lgan nomlar

Oʻqish
Madaniyat · 17 апрел 2023

Qizil xonalar: Toshkentdagi fotolaboratoriyalar kim uchun va qanday ishlamoqda?

Oʻqish
Madaniyat · 20 октябр 2022

Qoʻqon yogʻoch oʻymakorligi maktabi

Oʻqish
Madaniyat · 12 январ 2023

2-maqola. Tadqiqot: 20-21-asr binolarida O'zbekiston me'morchiligining an'anaviy elementlaridan foydalanish

Oʻqish
Yangiliklar · 25 сентябр 2023

Toshkentda yangi TBC Talks loyihasi doirasida IMD va TBC Bank kompaniyasining eksklyuziv dasturi taqdim etildi

Oʻqish
Yangiliklar · 07 декабр 2022

World Economic Magazine ma’lumotlariga koʻra TBC Bank Uzbekistan 2022 yildagi "O‘zbekistonning eng yaxshi raqamli banki" deb topildi.

Oʻqish
Texnologiya · 07 март 2022

«Quyosh» geliomajmuasi yoki Parkentdagi texnologik mo‘jiza

Oʻqish
Madaniyat · 01 июн 2023

Neon, 3D va monoxrom: «Toshkent. Tarixiy optimizm arxirekturasi» ko'rgazmasi ochilishi qanday o'tdi?

Oʻqish
Yangiliklar · 08 июн 2023

TBC Bank yugurish uchun eksklyuziv merchni yaratdi

Oʻqish
Madaniyat · 18 январ 2023

4-maqola. Tadqiqot: XX-XXI asrga oid binolarda Oʼzbekiston arxitekturasi anʼanaviy elementlarining ishlatilishi

Oʻqish
Texnologiya · 01 март 2023

Neyrotarmoq odamlarning o'rnini bosa oladimi?

Oʻqish
Madaniyat · 16 январ 2023

3-maqola. Tadqiqot: XX-XXI asrga oid binolarda Oʼzbekiston arxitekturasi anʼanaviy elementlarining ishlatilishi

Oʻqish
Madaniyat · 27 феврал 2023

Eksperimental musiqa boʼyicha noodatiy festival qanday oʼtdi?

Oʻqish
Yangiliklar · 03 март 2023

Asosiy yutuqlar va yangi loyihalar: TBC Group OAV vakillari bilan press-branch o'tkazdi

Oʻqish
Texnologiya · 07 сентябр 2022

Bugungi kunda rivojlanib borayotgan 6 ta eng dolzarb texnologik yangilik

Oʻqish
Texnologiya · 10 апрел 2023

Blokcheyn qanday qilib hayotimizni yaxshilashi mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 17 феврал 2023

Madaniy dayjest: 17-23- fevral kunlari Toshkentda nima qilish mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 09 феврал 2022

Toshkentdagi yashirin haykaltaroshlik asarlari

Oʻqish
Madaniyat · 08 ноябр 2023

Integratsiyaning buyuk yo'li: fotograf Svetlana Balashova-Kuzmina o'zining O'zbekistonga sayohati va Integration nomli ko'rgazmasi haqida

Oʻqish
Madaniyat · 17 март 2023

Madaniy dayjest: 18-martdan 24-martgacha poytaxtda nima qilish mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 08 июн 2022

TBC Ornaments х Polya Pokatayeva: brendni boshqarishda individual yondashuv

Oʻqish