0
08 апрел 2022

Ramen, musiqa, netvorking: Plovistan loyiha tashkilotchisi bilan suhbat

Taomga boʻlgan muhabbat Timur Azimovni mikrofestivalga qanday olib keldi

Chorshanba oqshomi. Kichkina ikki xonali xonadondan kunjut yogʻi va ziravorlar hidi kelib turibdi. Xona esa makaron qutilari, ovqat pishirish uchun idishlar va bir martalik oʻramlar bilan toʻla. Meni yigirma olti yoshli, bir necha oy oldin “Plovistan” nomli loyiha kechalarida qatnashishni afzal koʻrib, ofis ishidan voz kechishga qaror qilgan inson – Timur Azimov kutib oldi.

 

U firmenniy ramenni pishirayotgan edi, men esa vaqtimni behuda oʻtkazmaslik uchun undan intervyu olishga qaror qildim. 

 

“Plovistan” nomi mamlakatimizdagi taomga, mendagi palovga boʻlgan muhabbat sabab yuzaga kelgan. Avvaliga Instagramda shunchaki oʻzim yegan palov suratlarini joylashtirardim va shundan mamlakat nomini o‘ylab topdim. Hozirgi kunda esa u ziyofatlarga aylanib, unga odamlar tashrif buyuradi, birgalikda taom tanavvul qilishadi, oʻz vaqtlarini xursandchilik bilan oʻtkazib, bir-birlari bilan tanishadi.” 

 

Hammasi karantindan boshlandi, hamma odamlar uyda qolib, asosan oʻzlariga taom pishirgan vaqtdan, Timur ham shu junmladan edi. 

 

“Ramen — tayyorlash oson va aynan mana shu uchun ham qiziqib qoldim. Uni pishirishni va Storiesda qoʻyishni boshladim, keyinroq esa doʻslarimni mehmon qildim, ular ham oʻz sahifalariga qoʻya boshladilar, shu yoʻsinda bir-biriga ulanib ketdi barchasi. Shu tariqa talab paydo bo‘ldi.”

1

Yangi hunarga boʻlgan talab va qiziqish Timurni birinchi uy ziyofatini oʻtkazishga turtki boʻldi va u yerda, doʻstining tugʻilgan kunida, bir vaqtning oʻzida 25 ta kishiga ramen tayyorladi. 

 

“Men uchun bu yana bir yangi pogʻonaga koʻtarilish edi – bundan oldin men bir vaqtning oʻzida maksimal olti kishiga tayyorlardim. Oʻsha oqshom juda charchagandim, lekin juda koʻpchilikka yoqqanini bildim. Yigitlar yana tayyorlab berishimni soʻrab, qachon oʻz barimni ochishimga shama qilishardi” 

2

Qadrdonlarim uchun taom tayyorlash ayniqsa karantin davrida mashhur boʻlib ketdi. Ba’zi oshpazlar mehmonlar uchun taom tayyorlashni oʻrgatishgan boʻlsa, boshqalar esa oʻzlarining maxsus taomlarini yetkazib berish bilan shugʻullanardi, yana boshqalari esa ma’lum taomlarni ma’lum odamlar orasida tatib koʻrish uchun joylarni band qilib, tanishlari uchun kechki ovqat tashkil qilishardi. 

 

Timur uyda bazmlarni tashkil etish bilan toʻxtab qolmadi va bir necha oy oʻtgach, yangi ziyofat uyushtirdi. Bu safar 50 kishilik barda ziyofat boʻlib oʻtdi. 

 

“Bir vaqtni oʻzida men uyda ovqat pishirishni davom ettirdim, ziyofatlarni kattaroq qilishni xohlardim, chunki shaharda birinchi navbatda meni qiziqtiradigan netvorking maydonlar kam edi. Toshkentda musiqa tinglab, qiziqarli odamlar bilan suhbatlashib va hatto ovqatlanish mumkin boʻlgan joylar uncha koʻp emas. Shu yoʻsinda men doʻslarim doʻkonining hovlisida ziyofat uyushtirishni boshladim.” 

 

Ofis ishini tashlab, Timur har ikki haftada bir marta ziyofatlarni tashkil etishga boshi bilan shoʻngʻib ketdi. Birinchi tadbirlarda yuzga yaqin odam to‘plangan bo‘lsa, beshinchi tadbirda mehmonlar soni 250 nafarga yetdi. Ular orasida ijodkor yigitlar, chet elliklar, tadbirkorlar, elchilar, bola-chaqalilar, mushuk va it boquvchilar, hatto oddiygina unashtirilgan yigit va qizlarni ham ko‘rish mumkin edi. 

3
4

“Aytish joizki biz hech qanday reklama qilmadik, men hammasini Storiesda qoʻyib, yozib qoʻyardim: “Youuuu, bolalar, keling, biz ramen pishiramiz va hokazo” deb. Shu tarzda dam olish kunlaridagi bayramning zavqli muhiti paydo boʻldi. Fikrimcha, bizning mehmonlarimiz Toshkentda bo‘layotgan voqealarga qiziquvchi va #makeTashkentgreatagain xeshtegini qo‘llab-quvvatlovchi ongli va ilg‘or avlod hisoblanadi”

5
6

Oradan bir oy o‘tib, “Plovistan” shinam shourum hovlisiga sig‘may qoldi. Ziyofatlar e’lonlarida yangi joylar shunday paydo boʻla boshladi. Masalan, an’anaviy usulda qurilgan hunarmandning uyi, Telman bog‘idagi kichik kafe, zamonaviy kovorking maydoni va yangi mehmonxona tomi. 

 

“Joyni tanlashda biz uchun qiziqarli tarixga ega boʻlishi, uning imkoniyatlari va ichidagi qulayligi muhim ahamiyatga ega edi. Bir marta biz hunarmandning butun bir boshli uyini tanladik, u yerda ochiq hovli va tom bor edi. Biz u yerga qizil lampalar oʻrnatdik, juda gʻayrioddiy tusga kirdi-da, xuddi Buxoro yoki Xivada eski uyda ziyofat berayotgandek tuyuldi.

 

Aslini olganda, shaharda joylar bilan bogʻliq katta muammo bor - sahna bilan ayniqsa va asosan hamma barlarda ziyofat oʻtkazadi, lekin biz odamlarni yangi joylarga jalb qilishga harakat qilamiz.” 

 

Tadbirlarda ramendan tashqari, didjeylar va jonli musiqa ijro etiladi (Timur hatto yer osti oʻtish joyida uchratgan musiqachilarni ushbu tadbirlarga taklif qilgan), shuningdek, kokteyllar ham tayyorlanadi. Loyiha oʻsishining yana bir muhim jihati xorijliklarning Toshkentga migratsiyasi boshlanishiga toʻgʻri kelib qoldi, ular orasida “Plovistan” ziyofatlarida qatnashgan taniqli DJlar ham bor edi.

7

“Yomgʻir quyib turgan mahalda biz 160 kishini ochiq maydonga toʻpladik - bu haqiqatda “vauuu” edi. Shunday natijalarga erishishimizni tasavvur ham qilmaganman. Biz yaxshi ovoz va yorugʻlikni ta’minlab, va menimcha, mini-festival muhitini yarata oldik. Odamlar yomgʻir yogʻishiga umuman ahamiyat berishmasdi, biz chodirlar qurdik, odamlar soyabonlar bilan kelishardi va hammasi juda ajoyib edi.” 

 

Shunday qilib, loyiha yanada rivojlana boshladi va hozirda yangidan-yangi joylarni kashf etmoqda, bu oʻziga xos an’anaga aylangan, qayerdadir endi “Plovistan” - bu nafaqat mazali taomlar, balki turli xil san’atkorlar bilan oʻtkazilgan ziyofatlardir.

 


“Oxirgi ikki hafta ichida Olmaotadan biz bilan o‘ynash uchun maxsus kelgan ikkita san’atkorni olib keldik. Shahar uchun, bu Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi madaniy almashinuv uchun yangi ovoz, yangi yoʻnalish va umuman ajoyib tajriba demak. Bu katta yutuq, chunki Olmaota sahnasi biznikidan ancha oldinda, Toshkent esa ular uchun unchalik mashhur emas, Qozogʻistondan didjeylar juda kamdan-kam olib kelinadi, negadir hamma Rossiyalik sanʼatkorlarga qiziqadi.” 

8
9

Albatta, hikoya shu bilan tugamaydi, Timur yangi taomlar (shu jumladan palov) pishirishni, yangi san’atkorlarni taklif qilishni va hatto oʻz festivalini tashkil qilishni rejalashtirmoqda. 

 

“Ziyofat — bu hali boshlanishi, men shahardagi madaniy ziyofat sahnasini ham, musiqachilarning oʻzlarini ham koʻproq odamlar eshitishi uchun rivojlantirishni rejalashtirganman... va ishlab chiqarishni boshlaymiz hali, chunki biz ziyofatlarimizning barcha fotosuratlari va videolarini oʻzimiz olamiz, men buni kattaroq hajmlarda amalga oshirishni xohlayman”

 

Inson oʻziga boʻlgan ishonch, ramenga boʻlgan muhabbat qanday qilib geometrik progressiyaga olib kelishini kuzatish qiziq-a. Avval ramenni bitta Timur oʻzi tayyorlardi, keyin ikkita yordamchi tayyorlagan, hozir esa beshta. Joylar koʻlami ham oʻsmoqda - uydagi oshxonadan 400 kvadrat metr maydonga ega, 250 kishigacha boʻlgan xonalarga qadar. 

10

Bu orada bizning ramenimiz allaqachon tayyor boʻlibdi va biz stolga oʻtirganimizda Timur quyidagi fikrini aytib oʻtdi: 

 

“Men ziyofatlarga e’tiborimni koʻproq qaratish uchun ofisdagi ishimni tashladim va hozir men odamlarga ofisda oʻtirishdan koʻra koʻproq narsani berishim mumkinligini tushunaman. Umuman olganda, men shuni payqadim-ki, bizdan keyin boshqa yigit va qizlarning ziyofatlar sifati yanada oshdi, yaxshilandi va umuman olganda, biz hammamiz bu borada olgʻa qadamlar bilan faoliyat yuritmoqdamiz. Ziyofatlar qancha koʻp boʻlsa, shuncha koʻp kechalar. Bu iqtisodiyot, madaniyat, umuman ijtimoiy aralashuv uchun katta plyus”

 

Men ham shunday fikrdaman. 

11
12
13
14
1 Фото

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 10 июл 2023

Depozit haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Oʻqish
Ta'lim · 28 феврал 2024

Sizga tovlamachi qoʼngʼiroq qilayotganini qanday bilish mumkin?

Oʻqish
Ta'lim · 18 декабр 2023

Depozit o'zi nima: TBC Bank bilan kafolatli daromad

Oʻqish
Madaniyat · 05 декабр 2022

Tadqiqot: 20-21-asr binolarida Oʻzbekiston meʼmorchiligining anʼanaviy elementlaridan foydalanish

Oʻqish
Ta'lim · 06 апрел 2023

Qo'llanma: oila byudjeti qanday rejalashtiriladi?

Oʻqish
Ta'lim · 13 июл 2022

Chek-list: onlayn-kredit olishdan oldin nimalarni bilish kerak?

Oʻqish
Yangiliklar · 04 апрел 2023

TBC Bank Uzbekistan aksionerlardan qo'shimcha 28,1 mln dollar sarmoya jalb qildi

Oʻqish
Madaniyat · 27 март 2023

O'tmishdagi kinorejissyorlar. Bilishimiz shart bo'lgan nomlar

Oʻqish
Madaniyat · 17 апрел 2023

Qizil xonalar: Toshkentdagi fotolaboratoriyalar kim uchun va qanday ishlamoqda?

Oʻqish
Madaniyat · 20 октябр 2022

Qoʻqon yogʻoch oʻymakorligi maktabi

Oʻqish
Madaniyat · 12 январ 2023

2-maqola. Tadqiqot: 20-21-asr binolarida O'zbekiston me'morchiligining an'anaviy elementlaridan foydalanish

Oʻqish
Yangiliklar · 25 сентябр 2023

Toshkentda yangi TBC Talks loyihasi doirasida IMD va TBC Bank kompaniyasining eksklyuziv dasturi taqdim etildi

Oʻqish
Yangiliklar · 07 декабр 2022

World Economic Magazine ma’lumotlariga koʻra TBC Bank Uzbekistan 2022 yildagi "O‘zbekistonning eng yaxshi raqamli banki" deb topildi.

Oʻqish
Texnologiya · 07 март 2022

«Quyosh» geliomajmuasi yoki Parkentdagi texnologik mo‘jiza

Oʻqish
Madaniyat · 01 июн 2023

Neon, 3D va monoxrom: «Toshkent. Tarixiy optimizm arxirekturasi» ko'rgazmasi ochilishi qanday o'tdi?

Oʻqish
Yangiliklar · 08 июн 2023

TBC Bank yugurish uchun eksklyuziv merchni yaratdi

Oʻqish
Madaniyat · 18 январ 2023

4-maqola. Tadqiqot: XX-XXI asrga oid binolarda Oʼzbekiston arxitekturasi anʼanaviy elementlarining ishlatilishi

Oʻqish
Texnologiya · 01 март 2023

Neyrotarmoq odamlarning o'rnini bosa oladimi?

Oʻqish
Madaniyat · 16 январ 2023

3-maqola. Tadqiqot: XX-XXI asrga oid binolarda Oʼzbekiston arxitekturasi anʼanaviy elementlarining ishlatilishi

Oʻqish
Madaniyat · 27 феврал 2023

Eksperimental musiqa boʼyicha noodatiy festival qanday oʼtdi?

Oʻqish
Yangiliklar · 03 март 2023

Asosiy yutuqlar va yangi loyihalar: TBC Group OAV vakillari bilan press-branch o'tkazdi

Oʻqish
Texnologiya · 07 сентябр 2022

Bugungi kunda rivojlanib borayotgan 6 ta eng dolzarb texnologik yangilik

Oʻqish
Texnologiya · 10 апрел 2023

Blokcheyn qanday qilib hayotimizni yaxshilashi mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 17 феврал 2023

Madaniy dayjest: 17-23- fevral kunlari Toshkentda nima qilish mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 09 феврал 2022

Toshkentdagi yashirin haykaltaroshlik asarlari

Oʻqish
Madaniyat · 08 ноябр 2023

Integratsiyaning buyuk yo'li: fotograf Svetlana Balashova-Kuzmina o'zining O'zbekistonga sayohati va Integration nomli ko'rgazmasi haqida

Oʻqish
Madaniyat · 17 март 2023

Madaniy dayjest: 18-martdan 24-martgacha poytaxtda nima qilish mumkin?

Oʻqish
Madaniyat · 08 июн 2022

TBC Ornaments х Polya Pokatayeva: brendni boshqarishda individual yondashuv

Oʻqish